Yevropa Markaziy banki prezidenti Kristin Lagard yig‘ilish oldidan boshqaruv kengashining 26 nafar aʼzosining telefonlarini olib qo‘ydi. Bundan maqsad yig‘ilishdagi muhim ma’lumotlar keng ommaga oshkor etilishining oldini olish bo‘lgan.
Reuters agentligining yozishicha, hodisa Bundesbank vitse-prezidenti Klaudiya Bux Yevropa Markaziy banki nazorat organi — Qo‘shma kuzatuv kengashiga rahbarlik qilishi e’lon qilingan yig‘ilish vaqtida yuz bergan.
Agentlik suhbatdoshlarining xabar berishicha, Bux xonimning nomzodi tasdiqlanganidan keyin kengash a’zolarining telefonlari qaytarilgan.
Manbalarga ko‘ra, 2018-yilda Yagona kuzatuv kengashining amaldagi rahbari Andrea Enria lavozimiga tayinlanishi haqidagi xabar rasmiy e’lon qilinishidan avval OAVda paydo bo‘lgani sababli Kristin Lagard telefonlarni olib qo‘yishga qaror qilgan.
Izoh (0)