• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda asosiy stavka yana 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

    Markaziy bank boshqaruvi 14-sentabrdagi yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Regulyatorning qayd etilishicha, iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlar biroz sekinlashishiga qaramasdan, ayrim mahsulot guruhlari narxlariga oshiruvchi bosimlar saqlanib qolmoqda. Avgust oyida inflyatsion kutilmalarning ham o‘sishi kuzatilgan.

    Elektr va gaz tariflarini aholi uchun o‘zgarishsiz qoldirilayotgani hisobiga inflyatsiyaga ushbu guruhdan birlamchi taʼsirlar mavjud bo‘lmaydi. Biznes subyektlari uchun tariflar oshirilishining ikkilamchi taʼsirlari inflyatsiyaning prognoz ko‘rsatkichlarida inobatga olingan doirada bo‘lishi kutilmoqda.

    Yoz oylari boshidagi maʼlum pasayishdan so‘ng avgust oyida yillik inflyatsiya 9 foizga teng bo‘lgan. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari guruhlarida inflyatsiyaning deyarli o‘zgarmagani sharoitida xizmatlar sohasida narxlar o‘sishining 8,2 foizdan 8,5 foizgacha tezlashishi inflyatsiya oshishining omillaridan bo‘lgan.

    Bazaviy inflyatsiya kutilganidan ko‘ra sekinroq surʼatda pasayib, yillik 10,7 foizni tashkil etgan. Ayni paytda, bazaviy inflyatsiyaning pasayuvchi tendensiyasi barqaror tus olmoqda.

    Aholining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari trend yo‘nalishini o‘zgartirib, 14,2 foizgacha ortgan. Tadbirkorlik subyektlarining kutilmalarida ham o‘xshash tendensiya kuzatilib, 14,4 foizga teng bo‘lgan. Respondentlar tomonidan kutilmalar o‘sishining asosiy omillari sifatida valyuta kursi o‘zgarishi, yoqilg‘i va energiya narxlarining oshishi kabi omillar taʼkidlangan.

    “Global inflyatsiya, asosan, energiya resurslari va xomashyolar narxlarining barqarorlashuvi taʼsirida sekinlashmoqda. Shu bilan birga, ko‘plab mamlakatlarda bazaviy inflyatsiya sezilarli darajada yuqori va barqaror bo‘lib qolmoqda. Mehnat bozoridagi qatʼiylik ish haqlari oshishiga sabab bo‘lib, xizmatlar sohasida doimiy inflyatsion bosimni yuzaga keltirmoqda”, — deyiladi xabarda.

    Ta’kidlanishicha, Markaziy bank asosiy stavkasining o‘zgarishsiz qolishi va uning pul bozoriga transmissiyasi, qisqa muddatli likvidlik narxining real hisobda 3-4 foizlik ijobiy darajada shakllanishiga va shu orqali “nisbatan qatʼiy” pul-kredit sharoitlarini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

    Ijobiy real foiz stavkalari depozitlar bozorida faollikni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Avgust oyida aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari 21,7 foizni, yuridik shaxslarniki esa 17,1 foizni tashkil etgan.

    Natijada 1-sentabr holatiga milliy valyutadagi muddatli depozitlarning yillik o‘sishi 48,3 foizga, shu jumladan, aholi omonatlari bo‘yicha 53,5 foizga teng bo‘lgan.

    Joriy ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda yil yakuniga qadar inflyatsiya darajasi 8,5-9,5 foizlik prognoz koridori doirasida bo‘lishi kutilmoqda.

    “Asosiy stavkaning joriy darajada o‘zgarishsiz qoldirilishi, inflyatsiyaning yil yakuniga qadar prognoz doirasida shakllanishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratib boradi va narxlarga monetar omillarning taʼsirini oldini olish uchun zaruriy chora hisoblanadi”, — deyiladi xabarda.

    Markaziy bank boshqaruvining 2023-yil 26-yanvarda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirilgandi. 2023-yil 16-martda asosiy stavkani yillik 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 14 foiz darajasida belgilandi. 27-iyul kuni asosiy stavka 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirilgandi.

    14.09.2023, 12:02   Izoh (0)   4440
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ish haqlari oshgan, aholiga ko‘p kredit berilgan, xorijdan tushumlar kam — Markaziy bank raisi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

    27.07.2023, 21:38

    O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi ketma-ket beshinchi oy kamaydi

    13.09.2023, 09:10

    “O‘zbekistonda yuqori malakali 5–7 ming nafar haydovchiga ehtiyoj bor”— xalqaro avtomobil transporti anjumanidan reportaj

    14.09.2023, 11:37

    Marg‘ilonda qizni majburlab mashinaga solmoqchi bo‘lgan yigitga qanday chora ko‘rilishi maʼlum qilindi

    14.09.2023, 11:26

    “Bitta partada 3 nafar o‘quvchi o‘tiribdi”. Yakkabog‘dagi maktabda o‘quvchilarga joy yetishmayotgani xabar berildi 

    14.09.2023, 11:07

    Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi 

    14.09.2023, 10:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.