• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ish haqlari oshgan, aholiga ko‘p kredit berilgan, xorijdan tushumlar kam — Markaziy bank raisi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

    Bugun, 27-iyul kuni Markaziy bank rahbariyati asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilish yakunlariga oid matbuot anjumani o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Muloqotda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov joriy va kutilayotgan makroiqtisodiy sharoitlar, pul-kredit sohasidagi vaziyat to‘g‘risida batafsil axborot berdi.

    Asosiy stavka o‘zgarmadi

    “Muhokamalardan kelib chiqib, asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish maqsadga muvofiq deb topildi”, — dedi Mamarizo Nurmurodov.

    Mamarizo Nurmurodov
    Foto: “Daryo”

    Maʼlum qilinishicha, ushbu qarorga kelishga bir qator omillar sabab bo‘lgan.

    Inflyatsiya darajasi pasayotgan bo‘lsa-da, fundamental talab omillarining bosimlari saqlanib qolmoqda. Joriy yil ikkinchi choragida umumiy inflyatsiya dinamikasi sekinlashishda davom etib, iyun oyi yakunida 9 foizgacha pasaydi va bu holatni:

    • qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy omillar;
    • o‘tgan yilgi yuqori baza effekti taʼsirlarini chiqib ketishi;
    • import narxlari barqaror saqlangani;
    • yil boshidan shakllanayotgan monetar sharoitlar hamda tartibga solinadigan narxlarning o‘zgarishsiz qolgani bilan izohlash mumkin.
    “Ayni paytda xizmatlarga bo‘lgan yuqori talabning saqlanib qolayotgani va ushbu sohada narxlar moslashuvining davom etayotgani hisobiga o‘tgan 6 oy davomida xizmatlar inflyatsiyasida sezilarli pasayish kuzatilmadi. Bazaviy inflyatsiya ham kutilganidan ko‘ra sekinroq pasayib, iyun oyida 11,3 foizni tashkil etdi. Natijada bazaviy inflyatsiya va umumiy inflyatsiya o‘rtasidagi tafovut saqlanib qolmoqda”, — dedi tashkilot rahbari.
    Matbuot anjumanidan lavha
    Foto: “Daryo”

    Yana bir muhim ko‘rsatkich, o‘rtacha yillik inflyatsiya ham joriy inflyatsiyadan yuqori darajada 11,7 foiz doirasida shakllangan. Mazkur holatlar isteʼmol bozorlaridagi talab va taklifning to‘liq muvozanatlashmagani, isteʼmol savatida narxlari 10 foizdan yuqori oshgan tovar va xizmatlar ulushining yuqoriligida ham namoyon bo‘lmoqda.

    Mehnatga haq to‘lash oshdi

    Mamlakatda yalpi talab va inflyatsion kutilmalarni narxlarga oshiruvchi taʼsiri saqlanib qolmoqda.

    “Iqtisodiyotda mehnat haqlarining real hisobda keng qamrovli o‘sishi kuzatildi (2023-yil I yarmida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,5 foiz). Aholi daromadlarining ko‘payishi uy-joy, mebel, avtomobil, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar va xizmatlar sohasiga bo‘lgan talabni oshirmoqda, — dedi Mamarizo Nurmurodov.

    Aholining real daromadlarining o‘sishini barcha sohalarda kuzatilayotgani, bir tomondan, ish haqi xarajatlari orqali ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish tannarx xarajatlarini oshishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan, isteʼmol talabini rag‘batlantiruvchi asosiy drayverlardan bo‘lmoqda.

    Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari ham hamon inflyatsiya darajasidan yuqori shakllanmoqda va iyun oyida 13—13,5 foizni tashkil qildi. Aholining valyuta kursi o‘zgarishi, ish haqi va nafaqalar oshishining narxlarga taʼsirini ko‘chayishi borasidagi kutilmalari ortgan.

    Isteʼmol talabini oshishiga chakana kreditlarning sezilarli darajada o‘sish dinamikasi ham taʼsir ko‘rsatmoqda.

    Matbuot anjumanidan lavha
    Foto: “Daryo”

    Joriy yilning 6 oyida banklar tomonidan 116 trillion so‘mlik, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 barobarga ko‘p kreditlar ajratilgan. Ushbu o‘sishni asosan aholiga ajratilayotgan chakana kreditlar qo‘llab-quvvatlamoqda. Iyun oyi yakunlari bo‘yicha aholiga ajratilgan kreditlar (46 trln so‘m) o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga o‘sdi. Bunda, aholining avtokreditlar, mikroqarz, mikrokredit hamda ipoteka kreditlariga talabi yuqori bo‘ldi.

    “Ushbu holat, uy-xo‘jaliklari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlarda ham qayd etildi. Respondentlarning aksariyati kelgusida uy-joy, mebellar, maishiy texnika hamda avtomobillar xaridi uchun kreditlar olishini va xarajatlari ko‘payishini maʼlum qilgan. Chakana kreditlarga bo‘lgan talabning ortib borishiga aholining kelgusidagi daromadlari o‘sishi bo‘yicha ishonchlarining oshayotganligi asosiy sabablardan bo‘lmoqda. Ajratilayotgan kreditlar asosan, isteʼmolni qo‘llab-quvvatlovchi xususiyatga ega ekanligi kelgusida talab inflyatsiyasining uzoqroq muddat saqlanib qolishi bo‘yicha signallar bermoqda. Ushbu segmentda “iqtisodiy qizish”ni oldini olish uchun makroprudensial talablar kuchaytirildi va chakana kreditlarning yillik o‘sish surʼatlari iyun oyida o‘tgan oylardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan biroz sekinlashdi”, — dedi Mamarizo Nurmurodov.

    Markaziy bank raisining aytishicha, joriy yilning I yarmida fiskal xarajatlarning kutilganidan ko‘proq bo‘lishi ham yuqori talabni qo‘llab-quvvatlovchi omillardan bo‘lmoqda.

    O‘tgan yillardagi rag‘batlantiruvchi fiskal siyosatning taʼsirlari davom etayotgan bir sharoitda joriy yilda ham xarajatlarning kutilganidan ko‘proq bo‘lishi iqtisodiyotda yalpi isteʼmol talabini rag‘batlantiruvchi asosiy drayverlardan bo‘lib, 2023-yil yakuniga qadar inflyatsiyani prognoz ko‘rsatkichlarining yuqori chegaralarida shakllanishiga olib kelishi mumkin.

    Umuman olganda, isteʼmol bozorlarida taklif omillarining barqarorlashishiga qaramasdan iqtisodiyotda shakllanayotgan inflyatsion vaziyat asosan yuqori talab evaziga hosil bo‘layotgani borasida xulosa qilish mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Iqtisodiy o‘sish yaxshilandi

    O‘zbekistonda ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarlardagi ijobiy tendensiyalar taʼsirida iqtisodiy faollik saqlanib qolmoqda. Iqtisodiy o‘sish surʼatlari joriy yil birinchi yarim yilligida 5,6 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davridan yuqori darajada shakllandi.

    “Birinchi chorakdagi ayrim pasayishlardan keyin iqtisodiy faollikning jadallashuvi savdo va pullik xizmatlardan tushumlar (+24,4 foizga), ko‘chmas mulk bozorida uy-joy oldi-sotdi bitimlar soni (+5,3 foizga), banklararo tranzaksiyalar hajmi (+38 foizga), chakana savdo aylanmasi hajmlari (+6,9 foizga) o‘zgarishlarida ham o‘z aksini topdi”, — dedi Markaziy bank rahbari.

    I yarim yillikda isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,0 foizga oshdi. Bunda, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish fizik hajmida so‘nggi 5 yillikdagi eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi kuzatilib, 6,4 foizni tashkil qildi.

    Shu bilan birga, yuqori investitsion faollik saqlangan holda asosiy kapitalga investitsiyalar 7,9 foizga, shu jumladan, markazlashmagan investitsiyalar hajmi 8,7 foizga ko‘paydi.

    Import dinamikasida ham yuqori o‘sish surʼatlari kuzatilib (o‘tgan yilning mos dariga nisbatan 17 foizlik o‘sish), bu bir tomondan, ichki iqtisodiy faollikni oshayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, import va investitsiya maqsadlari uchun valyuta mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi.

    Transchegaraviy pul o‘tkazmalar hajmi o‘zining fundamental trendi doirasida o‘sib bormoqda. Yil boshidan 5,2 milliard dollarlik o‘tkazmalar kelib tushdi. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 22 foizga kam degani.

    Foto: “Daryo”
    “Global iqtisodiy vaziyat borasida to‘xtalib, jahonda iqtisodiy faollik kutilganidan ko‘ra tezroq oshishiga qaramasdan uning kelgusi rivojlanish trayektoriyasi bo‘yicha noaniqliklar yuqoriligicha qolayotganligini qayd etish lozim. Aksariyat davlatlarda umumiy va bazaviy inflyatsiya yil oxirigacha yuqori darajalarda saqlanib qolishi prognoz qilinmoqda. Ayrim asosiy hamkorlarimiz bo‘lgan davlatlar milliy valyuta kurslariga bo‘layotgan bosimni saqlanib qolayotgani ham, o‘z navbatida, milliy iqtisodiyotga maʼlum darajada taʼsir ko‘rsatishi mumkin”, — dedi Mamarizo Nurmurodov.

    O‘rtacha kredit stavkasi 22,6 foiz

    Iyun oyida pul bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 13,9 foiz doirasida shakllandi. Real foiz stavkasi esa 4,3 foiz bandni tashkil etib, “nisbatan qatʼiy” pul-kredit sharoitlari taʼminlandi.

    Iyun oyida kredit va depozit bozorlarida o‘rtacha foiz stavkalar (22,6 foiz va 19,8 foiz) o‘tgan oylardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan o‘zgarishlarsiz shakllandi.

    Milliy valyutadagi muddatli depozitlar hajmining o‘sish dinamikasi saqlanib, yil boshidan 1,2 barobarga oshdi (7,3 trln so‘m). Ushbu tendensiya depozitlarning dollarlashuv darajasini pasayishiga xizmat qilib, depozitlar dollarlashuvi yil boshidan 5,5 foiz bandga pasayib, 28,7 foizni tashkil qildi.

    Ayni paytda kreditlar bo‘yicha dollarlashuv darajasi 2 foiz bandga pasayib, 44 foizni tashkil qildi.

    Foto: “Daryo”

    Makroiqtisodiy prognozlar

    Yangilangan prognozlarga ko‘ra, tashqi iqtisodiy sharoitlarga iqtisodiyotning moslashuvini davom etayotganligi va ayrim noaniqliklarni saqlanib qolayotganligini sababli 2023-yil yakunlari bo‘yicha real YAIM o‘sishi 5,0—6,0 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bunda aholi daromadlari oshishi, fiskal rag‘batlar, investitsiya va xizmatlar sohasidagi faollikning yuqoriligi iqtisodiy o‘sishni asosiy qo‘llab-quvvatlovchi omillardan bo‘ladi.

    Joriy yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi makroiqtisodiy rivojlanishning bazaviy ssenariysi doirasida shakllanishi, 8,5—9,5 foiz atrofida bo‘lishi borasidagi prognozlar o‘zgarishsiz qoldirildi. Kelgusi davrlarda bazaviy inflyatsiya prognozi va inflyatsion kutilmalarning ishonchli pasayish trayektoriyasiga o‘tishi, asosiy stavkani pasaytirish imkoniyatlarini kuchaytiradi.

    27.07.2023, 21:38   Izoh (0)   8960
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi

    27.07.2023, 21:24

    Farg‘onada qator hokimlar va boshqarma boshliqlari lavozimidan ozod qilindi

    27.07.2023, 21:19

    Farg‘ona sanoat hajmi bo‘yicha respublikada 12-o‘ringa tushib qolgani tanqid qilindi

    27.07.2023, 21:12

    Farg‘onada ko‘rsatkichlari qoniqarsiz bo‘lgan hududlar ma‘lum qilindi

    27.07.2023, 21:05

    “Oldimizda hali yetti yil bor, bu ishlarni ertaga yoki keyingi yildan boshlaymiz, degan vazir, hokim yoki sektor rahbarlari qattiq adashadi” — prezident

    27.07.2023, 20:47

    O‘tgan 6 oy ichida senatorlar 41 ta qonunni muhokama qilib, maʼqulladi — Senat

    27.07.2023, 20:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Jangari filmlarda hamma jarohat oladi, hatto men ham.” 71 yoshli Jeki Chan hozirgacha murakkab tryuklarni o‘zi bajarishi haqida

    Layfstayl | 30 may, 16:57

    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

    Reklama | 30 may, 16:30

    Toshkentda futbolda janjal uyushtirgan blogerlarning barchasiga chora ko‘riladi — IIBB

    O‘zbekiston | 30 may, 16:51

    AQSHda IT mutaxassisi maxfiy ma’lumotlarni xorijga sotishga urindi

    Dunyo | 30 may, 16:45

    Bolalikdanoq tishlarga zarar yetkazadigan 6 ta mahsulot

    Farzand | 30 may, 16:43

    Hindistonda to‘y sovg‘asiga bomba yuborgan ustoz umrbodga qamaldi

    Dunyo | 30 may, 16:38

    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

    Reklama | 30 may, 15:00

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 30 may, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.