Toshkent shahrida bir kunda 3 tonna non axlatga tashlanadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shahar “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi bosh inspektori Ismoil Sagdullayevning O‘zAga maʼlumot berishicha, ayni paytda poytaxtda eng ko‘p chiqindiga tashlanadigan mahsulot bu — non va oziq ovqat mahsulotlaridir. Bu mahsulotlarni yildan yilga chiqindiga tashlash holatlari ortib bormoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida bir kunda 2 ming 300 tonna chiqindi yig‘ib olinsa, shundan 3 tonnaga yaqini nondan iborat.
Izoh (0)