Toshkent, Qashqadaryo va Buxoroda sinov tariqasida chiqindilarni yangi usulda: signal chalish o‘rniga yengil musiqa sadolari ostida olib ketish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, chiqindi tashuvchi mashinalarning har ertalab aholi xonadonlaridan chiqindi olib ketish uchun baland signal chalib kelishi aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan edi. Buni inobatga olgan holda vazirlik tashabbusi bilan chiqindilarni signal usulida emas, yengil musiqa sadolari ostida olib chiqish yo‘lga qo‘yildi.
Hozirda Toshkent, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida bu usul tajribadan o‘tkazilmoqda. Har bir hududga bittadan maxsus mashina ajratilib, aholiga chiqindi tashuvchi mashina kelgani haqida baland signal emas, musiqa orqali xabar berilmoqda.
Agar yangi usul sinovdan muvaffaqiyatli o‘tsa, keyinchalik butun respublika bo‘yicha joriy qilinadi.
Izoh (0)