Roberto Manchini Italiya terma jamoasining navbatdagi murabbiyi kim bo‘lishi haqida gapirib o‘tdi.
“Italiya futbol federatsiyasi rahbari vaziyatni o‘zgartirishi mumkin edimi? Ha, odam xohlasa, vaziyatni o‘zgartira olardi.
Menimcha, ular Luchano Spalettini bosh murabbiy etib tayinlaydi. Uning keyingi faoliyatiga omad tilayman”, — deydi Manchini.
Ma’lumot uchun, Luchano Spaletti “Napoli” bilan birga Italiya chempionligini qo‘lga kiritgach, 30-iyun kuni iste’foga chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, 13-avgust kuni Roberto Manchini o‘z xohishi bilan Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligini tark etdi. Mutaxassis qo‘l ostida Italiya termasi Yevro—2020 turnirida zafar quchgandi.
Avvalroq, Robertoga Saudiya Arabistoni terma jamoasidan taklif tushgani, arablar 3 yil uchun 120 million yevro to‘lashga tayyorligi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)