Luchano Spalletti Italiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqida terma jamoa futbol federatsiyasi rasmiy sayti ma’lum qildi.
“Napoli” sobiq bosh murabbiyi 1-sentabrdan boshlab yangi lavozimida ish boshlaydi.
64 yoshli mutaxassisning shartnomasi 2026-yilgi Jahon Chempionati yakuniga qadar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 13-avgust kuni Roberto Manchini o‘z xohishiga ko‘ra Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligini tark etgandi.
Izoh (0)