• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tadbirkorlarning birorta murojaati e’tiborsiz qolmaydi” — biznes-ombudsman

    Bugungi kunda tadbirkorlarning takliflarini inobatga olish, to‘siqlarni bartaraf etish, zarur shart-sharoitlarni yaratish mutasaddilar oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifalardir.

    Amaldorlarni lavozimdan bo‘shatishlar ham aynan tadbirkorlikka yetarlicha e’tibor berilmayotgani bilan bog‘liq bo‘lyapti. O‘tkazilayotgan yig‘ilish va muloqotlarda belgilanayotgan vazifalarning asosiy ijrochilaridan biri bu Biznes-ombudsman instituti.

    Tashkilotning birlamchi vazifasi — tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mazkur huquqlar va manfaatlarga mas’ul organlar tomonidan rioya etilishini ta’minlashdan iboratdir. Bu yilgi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda tilga olib o‘tilgan ba’zi raqamlar, ya’ni: shu yilning o‘zida tekshirishlar sonining 40 foizga kamaygani, 104 mingtadan 64 mingtaga tushgani ham biznes-ombudsman faoliyati bilan bog‘liq. “Daryo” O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil — biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov bilan suhbatlashdi. Quyida e’tiboringizga Dilmurod Qosimovning fikrlarini havola qilamiz.

    “Prezident tomonidan qabul qilingan farmonga binoan, tadbirkorlarni tekshirishdan oldin davlat organlari ularni profilaktika qilishi belgilab berildi. Tekshirishdan oldin profilaktika qiladi, kamchiligini aytadi, to‘g‘rilamagandan keyingina tekshirish chorasini ko‘radi. 
    Ikkinchi masala, bitta davr va bitta holat bo‘yicha tekshirish o‘tkazilmaydi. Bu ham tekshiruvlarning kamayishiga olib keladi. 

    Davlat organlari xodimlarini o‘qitish chorasi ham belgilab berildi. To‘g‘risini aytish lozim, ba’zida davlat organlari xodimlari bilmasdan tadbirkorni tekshirishga borib, xato qilib qo‘yadi. Buning natijasida ularga nisbatan tegishli ta’sir choralari qo‘llanmoqda, ma’muriy javobgarlikka tortilmoqda. Hozirgi vaqtda biznes-ombudsman devoni tomonidan nazorat qiluvchi organlarning 7 ming 200 dan ortiq xodimlariga tekshiruv tartibini tushuntirish bo‘yicha 81 ta seminarlar o‘tkazildi. Shu bilan birga, nazorat qiluvchi organlarning 3 mingdan ortiq xodimlari attestatsiyadan o‘tkazildi. 

    Tadbirkorlarning o‘zlariga ham bu yo‘nalishda doimiy ravishda seminarlar o‘tkazilmoqda.
    “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi ishlamoqda. Bu dastur orqali shunday tizim yaratildiki, u orqali tadbirkorlar tekshiruvga kelayotgan tekshiruvchining o‘zini tekshirish imkoni yaratildi. Buning uchun dasturda Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish kitobi joriy etildi.

    Kelgan tekshiruvchi tadbirkorning telefoni orqali Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish kitobiga kira oladi. Elektron kitobga tekshiruvchi to‘g‘risidagi ma’lumot yozilsa va agarda tekshiruv o‘tkazishga ruxsati bo‘lmasa, kiritmaslikka haqqi bor. Shu darajada bu elektron tizim hozir ishlayapti”.

    Bu nima natija beradi? Bu tadbirkorlarga o‘zlarining faoliyatini qo‘rqmasdan amalga oshirishiga imkoniyat yaratib bermoqda.

    “Tadbirkor bemalol tekshiruvchi idora kelsa, o‘zi uni tekshira oladi. Haqiqatan tekshiruvchi organning buyrug‘i bormi, aynan shu tekshiruvchining familiyasi  buyruqda bormi, vakolati bormi, ya’ni belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tganmi, yo‘qmi — ularning xammasini tekshira oladi. Agar dasturga kirganda yuqoridagilardan birortasi bo‘lmasa, tekshiruvga qo‘ymasligi mumkin.

    Hozir yana bir masalani ilgari surmoqdamiz. Tekshiruvlar 2 yil ish stajiga ega bo‘lgan nazorat organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha taklif berganmiz. Misol uchun, endi oliy ta’lim muassasasini bitirib kelgan xodimni darhol tekshiruvga qo‘yish qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Ikki yil ishlab, ozroq tajriba orttirib, undan keyingina tadbirkorni tekshirish vakolatiga ega bo‘lsa, vaziyatni, tadbirkorning faoliyatini tushuna oladi, mas’uliyati xam kattaroq bo‘ladi va adolatli bo‘ladi”, — dedi Dilmurod Qosimov.

    “Bu yilgi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot arafasida olti mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan va ularda ko‘tarilgan asosiy masalalardan biri — kredit va moliyaviy yordamni kengaytirish. Albatta, chet elga mahsuloot sotadigan yirik ishbilarmonlardan tortib, tadbirkorlik yo‘lida endi birinchi qadamini tashlayotgan tashabbuskorlargacha — barchasi uchun ajratilayotgan kreditlar, moliyaviy yordamlar hajmi oz emas, yildan yilga ortib bormoqda. Unda nima uchun tadbirkorlar prezident oldiga ana shu taklifni qo‘yishdi? Bu masalaning bir tomoni, ikkinchi tomoni shundaki, shu yil 2-avgust kuni Toshkent viloyatida kambag‘allikni qisqartirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda Davlat rahbari “...aholiga faqatgina moddiy yordam yoki kredit berishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Buning uchun, eng avvalo, hududlarda infratuzilma bo‘lishi, bu orqali ishlab chiqarish va xizmatlar rivojlanishi kerak”ligini ta’kidlagan edi. Qolaversa, 3 trillion so‘mlik kreditlar haligacha qaytarilmagan, 68 mlrd so‘mlik kreditlar maqsadsiz sarflangani aniqlangan”.

    Shunday ekan, masala yechimiga qay tarzda yondashish lozim? 

    Dilmurod Qosimov
    Foto: “Daryo”

    Dilmurod Qosimov: “Tadbirkorlar o‘z faoliyatini boshlayotganda o‘zining biznes rejasi bo‘ladi va har bir tadbirkor moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda kredit masalasida hech qanday cheklovlar yo‘q. Sababi, kredit masalasida bankka murojaat qilsa, garovi bo‘lsa, olish imkoniyati bor.

    Prezidentimiz kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kredit berish masalasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha alohida aytib o‘tdilar. “Qishloq qurilish banki”ni Biznesni rivojlantirish bankiga aylantirish masalasini o‘rtaga tashladilar. Va har bir hududda bittadan markaz tashkil qilinib, u markazga Biznesni rivojlantirish banki 45 foiz, davlat 45 foiz mablag‘ va tadbirkorlar 10 foiz mablag‘ ajratadi. 

    Prezidentimiz 9 400 ta mahallada hokim yordamchilari har oyda 3-4 ta tadbirkorni ushbu bank mablag‘laridan foydalanishga jalb qiladi. Va ularga loyiha tayyorlashga va umuman ularning biznesini rivojlantirishga yordam berishini aytib o‘tdilar. 

    Umuman, bu kreditlar tadbirkorlarga juda qulay deb o‘ylayman. Chunki 5 yildan 7 yilgacha muddatga imtiyozli shartlar asosida tadbirkorlarga beriladi. Shu bilan birga, yaxshi tadbirkor bo‘lsa, avvalgi kreditlardan qarzi bo‘lmasa, garov talabini 50 foizgacha kamaytirish masalasini ham o‘rtaga tashladilar.

    Bu albatta kichik va o‘rta biznes tadbirkorlarini yanada rivojlantirishga o‘zining hissasini qo‘shadi.

    Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda bildirilgan yana bir fikrga e’tiboringizni qaratsak. Aytib o‘tilganidek, bu yil olti mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan, bu oldingi yillardagidan kam. Sabab nimada? Qayd etilganidek, o‘tgan yillarda ko‘tarilgan masalalarning 80 foizi individual xususiyatga ega bo‘lib, ko‘plari joyida hal etilgan. Bu yil esa tadbirkorlarning 70 foizi tizimli muammolarni ko‘tarishgan. Asosiy qonunga ko‘ra, biznes-ombudsman O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga hisobdor”.

    Ana shu imkoniyatdan va tadbirkorlar oldidagi majburiyatlardan kelib chiqqan holda, eng muhim tizimli masalalarni ko‘tarib chiqishga qanchalik e’tibor berilmoqda? 

    “Doimiy ravishda viloyatlarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazyapmiz. Hozirgi vaqtda ham ishchi guruhimiz bor, uchrashuvlar o‘tkazib tizimli muammolarni aniqlab, Prezident administratsiyasiga doimiy ravishda takliflar kiritib boramiz. Juda ko‘plab takliflar kiritganmiz. Ularning ko‘pi farmon va qarorlarda o‘z aksini topib, tadbirkorlar manfaatiga xizmat qilmoqda. 

    Misol uchun, biznes-ombudsman tomonidan berilgan takliflar asosida ta’sirchan soliq mexanizmini olib tashlash masalasi hal etildi, davlat organlari masabdor shaxslarining tadbirkorlar hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini noqonuniy yechib olish bo‘yicha jinoiy va ma’muriy javobgarlik belgilandi. Avval tadbirkorning hisobvarag‘idan pul mablag‘larini asossiz yechib olish uchun hech qanday javobgarlik masalasi yo‘q edi. Hozir esa qonun qabul qilindi va jinoiy hamda ma’muriy javobgarlik belgilandi”, — dedi biznes-ombudsman.

    26.08.2023, 21:01   Izoh (0)   8355
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda iyul oyida cheklari eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan top 10 ta korxona ma’lum bo‘ldi

    26.08.2023, 19:59

    O‘zbekistonga 7 oyda qancha turist tashrif buyurgani ma’lum qilindi

    26.08.2023, 18:20

    Samarqanddagi Prezident maktabining 311,8 mln so‘mlik davlat xaridi bekor qilingani yuzasidan izoh berildi

    26.08.2023, 17:45

    “Tug‘ma nuqsonli chaqaloqlarni davolashda bu shifoxonaning o‘rni beqiyos” — vazir 130 mln dollarlik bolalar tibbiyot markazi haqida

    26.08.2023, 16:45

    Toshkentdagi maktabda tekshiruvchilar bilan janjal yuz bergani aytilmoqda

    26.08.2023, 15:25

    Samarqand shahridagi Prezident maktabining 311,8 mln so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi

    26.08.2023, 13:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.