Transport vazirligi huzuridagi “O‘zaviatsiya” agentligi uchta xorijiy aviakompaniya O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olganini e’lon qildi.
Bu Hindistonning IndiGo, Polshaning LOT Polish Airlines va Malayziyaning Malindo Airways aviakompaniyalaridir.
O‘zbekiston va tegishli davlatlar o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida berilgan ekspluatatsion ruxsatnomalarga ko‘ra, parvozlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
- Dehli—Toshkent—Dehli yo‘nalishida A-320neo va A-321neo samolyotlarida;
- Varshava—Toshkent—Varshava yo‘nalishida Boing 737-8max samolyotlarida
- Kuala Lumpur —Toshkent—Kuala Lumpur yo‘nalishida A-330 samolyotlarida.
Izoh (0)