Bekzod Narimanov Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari etib saylandi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.
Qonunchilik palatasining 15-avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosarini saylash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi.
Majlisda Bekzod Narimanovni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga saylash tavsiya etildi.
Deputatlar muhokamalardan so‘ng uning nomzodini Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga sayladi va mazkur qaror Senatga yuborildi.
Izoh (0)