AQShning Kolorado shtatida politsiya xodimi qo‘lida flomaster bo‘lgan erkakni otib o‘ldirdi. Politsiyachi flomasterni pichoq deb o‘ylab, shunday yo‘l tutganini xabar qilmoqda NBC News.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, voqea Denver shahrida sodir bo‘lgan. Politsiya xodimi oiladagi zo‘ravonlik haqidagi qo‘ng'iroqdan keyin voqea joyiga borgan.
Huquq-tartibot organi xodimining bodikamerasidan olingan tasvirlarga ko‘ra, chaqiruv bo‘yicha kelgan politsiya xodimi 36 yoshli erkak qo‘lidagi marker bilan uning yo‘nalishi bo‘yicha harakat qilganini ko‘rganidan so‘ng unga ikki marta o‘q uzgan.
Politsiyachi erkakning orqasida kichkina bolasi bor ayol turganiga qaramay, o‘t ochgan. Ayol va bolaga shikast yetmagan.
Hozirda politsiya xodimi o‘qotar qurolni to‘g‘ri qo‘llaganmi, yo‘qmi — aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)