Rossiyada o‘zbekistonlik ayol mustaqil yoqilg‘i quyish shoxobchalarini qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi prezidentining uyini o‘mardi. Bu haqda Shot kanali xabar berdi.
Mixail Belyakning Krasnogorskdagi uyidan deyarli 265 ming rubl (taxminan 2 675 dollar) va qimmatbaho kiyimlar o‘g‘irlab ketgan. Amaldor iyul oyida uy xizmatchisini ishga olgan. 13-avgust kuni ayol uydan 220 ming rubl, 340 funt sterling, bir nechta Hermes markali bosh kiyim, US POLOASS koftalari va Memo atirlarini olib ketgan.
Ammo ayol pul va kiyimlarni olgach, politsiyaga taslim bo‘lgan. Biroq keyinchalik u pulning bir qismini O‘zbekistondagi qarindoshlariga o‘tkazib, bir qismini o‘zi uchun sarflagani aniqlangan.
Izoh (0)