• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Halok bo‘lgan qiz kundaligi: fashizm davri tarixiga aylangan Anna Frank va uning oilasi taqdiri

    “Har bir urushdan keyin shunday deyishadi: bu boshqa hech qachon qaytarilmaydi, urush — takrorlanishidan har qanday yo‘l bilan qochish kerak bo‘lgan dahshatdir. Mana, odamlar yana bir-biri bilan urushmoqda va boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Inson zoti nafas olar ekan, ular muntazam bahslashishi kerak, biroz tinchlik boshlansa, ular bahsga yana bahona qidira boshlaydi”. Ushbu satrlar taqdiriga Ikkinchi jahon urushidan omon chiqish yozilmagan qizcha — Anna Frankning kundaligidan olingan.

    Anna Frank
    Foto: Wikipedia Commons

    Anna 1929-yil 12-iyunda, natsistlarning hokimiyat tepasiga kelishidan to‘rt yil oldin dunyoga kelgan. Iste’fodagi ofitser Otto Frank uning otasi edi, u keyinchalik tadbirkorlik bilan shug‘ullangan, onasi — Edit Xollender Frank bo‘lsa uy bekasi bo‘lgan.

    Annaning Margo ismli to‘ng‘ich opasi ham bor edi. Franklar oilasining hayoti bir maromda ketar, qo‘shnilari bilan ularning kelib chiqishi va millatidan qat’i nazar do‘stona aloqalar o‘rnatgandi. Franklar yahudiy edi, ammo diniy marosimlarga oid masalalarga dunyoviy inson sifatida qarardilar.

    Biroq 1933-yilda Gitlerning partiyasi Germaniyada hokimiyat tepasiga kelgach, yahudiylar xavf ostida qola boshladi. Otto Frank taqdir bilan hazillashib o‘tirmasdan, mamlakatni tark etishga qaror qiladi. U Amsterdamga ko‘chib o‘tadi, bu yerda u “Opekta” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvchisi lavozimini qo‘lga kiritadi.

    Anna bo‘lsa onasi va opasi bilan Germaniyada qolgandi — ular Frankfurtdan buvisi yashaydigan Axenga ko‘chib o‘tadi. Bir necha oydan keyin Franklar oilasining barchasi otasining yoniga, Niderlandiyaga yo‘l oladi.

    Hayot o‘z maromida ketardi. Anna ulg‘ayib, maktabga chiqadi. Otasi esa Gitlerning harbiy tayyorgarligini vahima bilan kuzatar edi. Barchasi Yevropada katta urush boshlanishidan darak berardi va Otto Frank oilasini Amerikaga olib ketishga qaror qiladi. Ammo u viza ololmaydi.

    1940-yil 10-may kuni Otto qo‘rqib kelgan voqea sodir bo‘ladi — nemis qo‘shinlari Niderlandiyaga bostirib kiradi. Oradan to‘rt kun o‘tib, niderlandlar qo‘mondonligi taslim bo‘lish haqida e’lon qiladi. Bu vaqt ichida evakuatsiya ishlarini amalga oshirish imkonsiz edi, buning ustiga Frankning boradigan boshqa joyi ham qolmagandi. “Niderlandiya” reyxskomissariatida ularning yangi hayoti boshlanadi.

    “Aftidan, kundalik yuritish — umuman menga to‘g‘ri kelmaydigan mashg‘ulotga o‘xshaydi. Chunki shu vaqtgacha miyamga bunday fikr kelmagan va eng muhimi, kelajakda, jumladan, mening o‘zimga ham 13 yoshli maktab o‘quvchisining yozganlari qiziq bo‘ladimi? Nima bo‘lgan taqdirda ham men yozishni yaxshi ko‘raman, o‘z g‘am-tashvish hamda muammolaringni oqqa ko‘chirganda odam yengillashadi”.

    “Mening dugonam Anna” filmidan kadr

    Okkupatsion hukumat yahudiylarni ta’qib qila boshlaydi. Ularga yangidan yangi cheklovlar o‘rnatilardi, konsentratsion lagerlarga yuborish boshlanadi. O‘z oilasini ham shu kabi taqdir kutib turganini payqagan Otto Frank boshpana hozirlashga tushadi.

    Yashirin boshpana

    “Opekta” kompaniyasi joylashgan Prinsengraxt-263 uy o‘ziga xos ichki tuzilishga ega edi: bino ikkinchi qavatda alohida ikki qismga ajralardi — sohil bo‘yiga olib chiqiladigan birinchi qismini “Opekta” ofisi egallagan bo‘lsa, ikkinchisi ko‘p hollarda bo‘sh yotardi.

    Otto Frank do‘stlari bilan binoning 3, 4 va 5-qavatlarini bo‘sh bo‘ladigan ikkinchi qismini yashash uchun yaroqli holatga keltiradi. Binoning asosiy qismi bilan bog‘lab turuvchi uchinchi qavatdagi yagona o‘tish joyini hujjatlar taxlangan shkaf bilan maskirovka qilishadi.

    Oila 1942-yil 16-iyul kuni binoga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘ladi, ammo rejalarni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. 5-iyul kuni Annaning opasi Margo Yahudiylar immigratsiyasining markaziy byurosidan “povestka” oladi — unda qiz Vesterborkdagi konsentratsion lagerga yuborilish uchun gestapoga yetib kelishi aytilgandi.

    Ko‘chishni ortga surib bo‘lmasdi. 6-iyul kuni Franklar yangi boshpanasiga ko‘chib o‘tadi. 13-iyulda ularga German van Pels rafiqasi hamda o‘g‘li bilan kelib qo‘shiladi. Bundan oldinroq esa van Pels Franklar Shveysariyaga qochib ketdi degan mish-mishni tarqatishga ulguradi. Bu gestaponi chalg‘itishi kerak edi.

    Anna yashagan uy va uning xotirasiga atab o‘rnatilgan haykal
    Foto: Wikipedia

    Kundalik

    Otto Frank qizi 13 yoshga to‘lganida matoli muqovaga ega dastxatlar uchun kichik albomni sovg‘a qiladi — farzandining o‘zi uni tanlagandi. O‘shandan boshlab, 1942-yilning iyunida u o‘z kundaligini yuritishni boshlaydi.

    “1942-yil 28-sentabr. Hech qachon ko‘chaga chiqa olmasligimizni anglab yetish tobora qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bizni topib olib, otib tashlashlari borasidagi qo‘rquv ham. Odamni xursand qilmaydigan istiqbol!”.

    Yashirinib yashashdan o‘zga iloj yo‘q edi. Ozod bo‘lish umidi ham noma’lum — hech kim qancha kutishga to‘g‘ri kelishini bilmasdi. Har kuni eshikni kimdir taqillatib qolishidan va gestapochilar kirib kelishidan qo‘rqib yashashga to‘g‘ri kelardi.

    Anna oilasi bilan jon saqlagan boshpana
    Foto: AP Photo

    Otto Frankning hamkasblari ushbu holatni sir saqlar va yashirin boshpanadagilarga yordam ko‘rsatib kelardi. Ammo ularning qo‘lidan hamma ish ham kelmasdi.

    “1942-yil 9-oktabr. Yahudiy tanishlarimizni guruh-guruh sifatida hibsga olishmoqda. Gestapoda ularga g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lishyapti ekan: qoramollar uchun mo‘ljallangan vagonlarga chiqarib, Vesterborkka olib ketishmoqda. Mip u yerdan qochishga muvaffaq bo‘lgan odam bilan gaplashibdi. U dahshatli narsalarni gapirib berdi! Mahbuslarga deyarli ovqat va suv berishmayapti ekan. Krandan suv kuniga bir soat ochilib, minglab odamlar bitta hojatxonaga navbat kutisharkan. Hamma bir-biriga yopishib yerda yotarmish: erkaklar, ayollar... Ayollar va bolalarni sochlarini kal qilib olib tashlashmoqda. U yerdan qochish deyarli imkonsiz: mahbuslar qirilgan boshlari va yahudiylarga xos tashqi ko‘rinishi orqali qo‘lga tushib qolmoqda. Niderlandiyada mahbuslarga shunday munosabatda bo‘lishmoqda, ular surgun qilinayotgan joylarda vaziyat qanday? Ingliz radiosi gaz kameralari haqida gapiryapti, bu tez o‘ldirishning oson yo‘li”.

    “O‘n yildan keyin urush tugaganida biz yahudiylar bu yerda yashaganimiz, ovqatlanganimiz, suhbatlashganimiz haqida aytib berisharmikan?”

    1942-yil 16-noyabrda boshpanada hisob bo‘yicha sakkizinchi va oxirgi odam — tish doktori Fris Pfeffer paydo bo‘ladi.

    Uch kundan keyin Anna kundaligiga quyidagicha yozgan: “Kechalari har yerda harbiylarning yashil yoki kulrang mashinasi yuribdi. Ulardan tushgan politsiyachilar har bir uyni taqillatib, u yerda yahudiylar bor-yo‘qligini surishtirib chiqyapti. Kimdir topilgudek bo‘lsa, oilasi bilan birga olib ketilmoqda. O‘z vaqtida yashirinishga ulgurmasa, hech kim taqdirdan qochib qutula olmayapti... Kechalari tez-tez begunoh insonlar ortilgan kolonnalar harakatlanayotganini ko‘raman, ba’zilari kaltaklanib, qiynoqqa solinadi, ayrimlari yerga yiqilib tushadi. Hech kimga shafqat yo‘q: qariyalar, bolalar, go‘daklar, bemorlar, homiladorlar — hamma o‘lim tomon ketmoqda”.

    Shu zaylda kunlar, haftalar va oylar o‘tadi... 1942-yil yakunladi, 1943-yil ham tugaydi. Boshpanada yashayotganlar qulog‘iga gitlerchilar mag‘lubiyatga uchrayotgani, ittifoq kuchlari tez orada Fransiyaga kirib kelishi haqida gap-so‘zlar chalina boshlaydi. Umid tobora ortib boradi.

    Anna Frank
    Foto: Wikipedia

    “1944-yil 29-mart. Vazir Bolkenshteyn radio orqali chiqishi davomida harbiy xotiralar, kundaliklar va maktublar keyinchalik katta ahamiyatga ega bo‘lishi haqida aytdi. Shundan keyin, albatta, hamma mening kundaligim haqida gapira boshladi. Axir ‘Boshpana’ hayoti haqida roman chop etish naqadar qiziq. Birgina nomidan ham odamlar buni qiziqarli detektiv deya qabul qiladi.

    Jiddiy aytadigan bo‘lsam: o‘n yildan keyin urush tugasa, biz yahudiylar bu yerda yashaganimiz, ovqatlanganimiz, suhbatlashganimiz haqida aytib bersakchi? Senga ko‘p narsa yozayotgan bo‘lsam-da, bu hayotimizning kichik qismi xolos. Masalan, xonimlarimiz portlash ovozlaridan juda qo‘rqishlarini bilmaysan, yakshanba kuni 350 ta ingliz samolyoti Eymeyden uzra yarim million kilogramm bombalarni tashladi, shunda uylar shamoldagi barg kabi zir titradi...”

    Xoinlik

    1944-yil iyunda ittifoqchilar Normandiyaga keladi. Anna o‘z kundaligida ota-onasi yil oxiriga qadar ozodlikka chiqishlari mumkinligi haqida gaplashgani haqida yozgan.

    “Mening dugonam Anna” filmidan kadr

    Barchasi 1944-yil 4-avgustda barbod bo‘ladi. Shu kuni Prinsengraxt-263 dagi uyga nemis ofitseri Karl Zilberbauer boshchiligidagi niderland politsiyachilari va gestapo xodimlari keladi. Boshpanada jon saqlaganlar va ularga yordam ko‘rsatgan barcha hibsga olinadi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Frankning oilasi va uning do‘stlarini noma’lum shaxs sotib bergan. Uning shaxsi borasida bahslar hanuzgacha davom etadi. Karl Zilberbauer urushdan keyin yahudiylarni qo‘lga olish bo‘yicha buyruqni boshlig‘i Yulius Fettmandan olganini aytgan. U esa “ishonchli manba” ma’lumot berganini bildirgan. Dettman natsistlar mag‘lubiyatidan keyin o‘z joniga qasd qilgani bois, undan ko‘rsatma olishning imkoni yo‘q edi.

    Uch kunlik qamoqdan keyin yashirin boshpanada jon saqlaganlar Vesterborkdagi konslagerga yuboriladi, u yerda esa eng og‘ir ishlarga jalb etiladi. 1944-yil 3-sentabrda Anna Frank, uning oila a’zolari va do‘stlari Osvensimga jo‘natiladi. Bu niderlandiyalik yahudiylarni “o‘lim lageri”ga olib ketgan oxirgi eshelon edi.

    “Mening dugonam Anna” filmidan kadr

    Eshelonda bo‘lgan 1 019 kishining 549 nafari darhol gaz kameralariga kiritilgan. Ular orasida 15 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar ham bor edi. 15 yoshli Anna muqarrar o‘limdan omon qolgan eng kichik asir edi.

    1944-yil 30-oktabr kuni Anna opasi Margo bilan birga Bergen-Belzen lageriga yuboriladi. Gitlerchilar nazorat qilgan hudud borgan sari kichrayar, bu lagerga ham ittifoq kuchlaridan ozod etilishi kutilayotgan konslagerlardan asirlar olib kelinardi. Bergen-Belzen lagerining bu qadar ko‘p odamga mo‘ljallanmagani terlama kasalligining tarqalishiga olib keladi.

    Annaning otasini omon qolishi

    1945-yil fevralda opa-singil Franklar betob bo‘lib qoladi. Lagerdan omon qolgan asirlar Annaning so‘nggi kunlari haqida gapirib bergan: ota-onasini o‘ldi deb o‘ylab, boshqa yashashni istamasdi. Margoning o‘limidan bir necha kun o‘tib, u ham vafot etadi. Aniq sanasini hech kim ayta olmaydi.

    “Mening dugonam Anna” filmidan kadr

    Anna Frank adashgan edi — otasi tirik bo‘ladi. Otto Frank Prinsengraxt-263 da hibsga olinib, omon qolgan sakkizta oilaning yagonasi edi. U 1945-yil 27-yanvarda, Osvensim egallangach, ozod etiladi.

    Anna Frankning kundaligi otasining hamkasbi Mip Giz tomonidan saqlab qolingan. Qizning o‘zi ataydan, yoki tasodifan uni o‘zi bilan olib ketmagandi, Mip esa uni yashirib qo‘yishga ulgurib qolgan. Urush yakunlangach, Mip kundalikni Otto Frankka topshiradi. 1947-yilda Annaning kundaligi ilk bor chop etiladi va dahshatli davrning guvohi bo‘lgan tarixiy hujjatga aylanadi.

    Jazoga tortilmagan gestapochi

    Anna Frankni hibsga olgan Karl Zilberbauer urushdan keyin Germaniya Federal razvedka xizmatida ishlaydi. 1963-yilda uni natsistlar ovchisi Simon Vizental tanib qoladi. Bu vaqtda gestaponing sobiq xodimi Avstriya politsiyasida jinoiy ishlar bo‘yicha inspektor lavozimida ishlardi.

    Anna Frank
    Foto: Wikimedia Commons

    Zilberbauer yashirin boshpanada yashaganlarni shaxsan o‘zi ushlaganini tan olgandi, biroq unga qarshi hech qanday ayblov ilgari surilmaydi. Ko‘rib chiqilayotgan ishga jalb etilgan Otto Frank gestapo ijrochisi emas, balki xoinni aybdor deb topish kerak deb hisoblagan. Natijada Zilberbauer nafaqat qo‘yib yuboriladi, balki politsiyadagi ishiga ham qayta tiklanadi.

    Karl Zilberbauer 1972-yili Venada vafot etadi. Otto Frank esa umrining qolgan qismini qizining kundaligini chop etishga bag‘ishlaydi va 1980-yilda Bazelda olamdan o‘tadi.

    15.08.2023, 17:10   Izoh (0)   15448
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Britaniya tarixidagi eng yaxshi razvedkachi”. Arab dunyosini parchalagan “Arabistonlik Lourens” aslida kim edi?

    27.07.2023, 09:47

    “Olma voqeasi jiyani uchun ertak edi”. Ilm-fan sohasidagi birinchi ritsar va oxirzamon bashoratchisi — Nyutonning munozarali hayot yo‘li

    03.08.2023, 10:05

    “Qanday buyuk artist vafot etmoqda”. Telba imperatorligi bilan nom qozongan Neron rostdan ham Rimga o‘t qo‘yganmidi?

    08.08.2023, 12:04

    Diana: afsonaning boshqa tomoni. 26 yil oldin vafot etgan “xalq malikasi” va uning atrofidagi mish-mishlar

    11.08.2023, 15:46

    Janubiy Koreya prezidenti Yaponiya va AQSH bilan yaqindan yadroviy ma’lumotlar almashishga chaqirdi

    15.08.2023, 16:46

    Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga yordam evaziga yadro qurolidan voz kechishni taklif qilmoqda

    15.08.2023, 16:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Yaqin Sharqdagi qo‘shinlarini shay holatga keltirdi

    Dunyo | 18 iyun, 08:26

    Isroil Eron rahbariga Saddam Husayn taqdiri bilan tahdid qildi

    Dunyo | 17 iyun, 23:50

    Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga qariyb 210 mln dollar beg‘araz grant ajratadi

    Dunyo | 17 iyun, 23:30

    “Daryo” dayjesti: 17-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 17 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Borussiya Dortmund” “Fluminense” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 17 iyun, 23:02

    Buxoroda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan onaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:50

    Tramp AQSH kuchlari Eron havo hududini to‘liq nazorat qilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyun, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.