Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 20,16 so‘mga ko‘tarilib, 12 062,24 so‘m bo‘ldi. Yevro 11,65 so‘mga pastlab, 13 207,93 so‘m bo‘ldi. Rubl 3,37 so‘mga tushib, 119 so‘mni tashkil qildi.
10-avgust kuni dollar 408,03 so‘mga, yevro 498,69 so‘mga ko‘tarilgandi. Shu kuni tijorat banklarida ham dollar sotuv kursi keskin oshdi. 11-avgust kuni ushbu valyuta kurslari pasaydi.
Izoh (0)