Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 33,15 so‘mga tushib, 12 041,88 so‘m bo‘ldi. Yevro 88,31 so‘mga pastlab, 13 219,58 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,40 so‘mga tushib, 122,37 so‘mni tashkil qildi.
Bundan bir kun avval dollar va yevro keskin ko‘tarilgandi: dollar 408,03 so‘mga, yevro 498,69 so‘mga oshgandi. Tijorat banklarida ham ushbu valyuta sotuv kurslari keskin ko‘tarilgandi.
Izoh (0)