O‘zbekiston 2023-yilning yanvar—iyun oylarida xorijdan qiymati 107,5 million dollarga teng bo‘lgan 1 million 558,3 ming dona mobil telefon import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
O‘zbekistonga 2023-yilning yanvar—iyun oylarida eng ko‘p mobil telefon Xitoydan import qilingan — 1 million 289,5 ming dona. Undan keyingi o‘rinlarda Vyetnam (148,8 ming) va Hindiston (14,2 ming) turibdi.
Mobil telefon import qilingan davlatlar:
- Qozog‘iston – 2,4 ming dona;
- Tayvan – 1,6 ming dona;
- Turkiya – 1,9 ming dona;
- Boshqa davlatlar – 1,4 ming dona.
O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar—noyabr oylarida xorijdan qiymati 181,6 million dollarga teng bo‘lgan 2,7 million dona mobil telefon import qilingandi. Ularning aksariyati (2,1 million donasi) Xitoydan olib kelingan. 2023-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni qariyb 32 million nafarni tashkil etgan.
Izoh (0)