O‘zbekiston tijorat banklari 10-avgust holatiga ko‘ra AQSH dollarining kursini oshirdi.
Banklarda 1 AQSH dollarining sotuv kursi 12 120 — 12 135 so‘m atrofida bo‘lib turibdi.
Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:
- Invest Finance Bank: sotib olish — 12 015, sotish — 12 135;
- Kapitalbank: sotib olish — 12 060, sotish — 12 135;
- NBU: sotib olish — 11 660, sotish — 12 120.
- Tenge Bank: sotib olish — 12 015, sotish – 12 135;
- KDB Bank Uzbekistan: sotib olish — 12 015, sotish – 12 135;
- Transbank: sotib olish — 12 015, sotish – 12 135.
Ma’lumot uchun, dollarning rasmiy kursi 10-avgust holatiga 11 667 so‘mni tashkil qilmoqda.
Avvalroq Rossiya rublining qadrsizlanayotgani O‘zbekistonga o‘tkazilayotgan pul hajmi kamayishiga olib kelgani xabar qilingandi. Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov Rossiya rubli 2023-yil boshidan beri 26 foizga qadrsizlanganini aytgan.
Izoh (0)