• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Dollar kursi nega keskin oshdi?

    Bugun (10-avgust) O‘zbekiston tijorat banklari AQSH dollarining so‘mga nisbatan qiymatini keskin oshirdi. Banklarda dollarning sotuv kursi 12 120—12 135 so‘mgacha, yaʼni birdaniga 400 so‘mdan yuqori o‘sdi. 9-avgust kuni banklardan dollar sotib olish kursi o‘rtacha 11 720 so‘m bo‘lgandi. Xo‘sh, buning sabablari nimada?

    Foto: “Daryo”

    Markaziy bank mazkur holat yuzasidan axborot berib, so‘m almashuv kursi devalvatsiyasining sabablarini tushuntirdi.

    “Asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi. Bu, o‘z navbatida, eksport va pul o‘tkazmalari tushumlari kanallari orqali mamlakatimizga valyuta tushumlariga va ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy taʼsir ko‘rsatdi. Natijada, ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi surʼatining biroz tezlashishi – fundamental omillar taʼsirida to‘g‘rilanishi kuzatildi”, — deya maʼlum qildi regulyator.
    Foto: “Daryo”

    Qo‘shimcha qilinishicha, Markaziy bank kelgusida almashuv kursining keskin qadrsizlanishini oldini olish bo‘yicha yetarli instrumentlarga ega. Zarur hollarda qo‘shimcha intervensiyalar amalga oshirish orqali tebranishlar yumshatib boriladi.

    “Mazkur to‘g‘rilanish real samarali almashuv kursning uzoq muddatli trendiga qaytishiga olib keladi va muvozanatli kurs valyuta tushumlarini oshirish orqali bozorda taklif o‘sishiga xizmat qiladi. Real samarali almashuv kursi yil oxirigacha va o‘rta muddatli istiqbolda nisbatan barqaror bo‘ladi”, — deya qayd etgan Markaziy bank.

    Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, kurs qadrsizlanishiga yana bir necha omillar taʼsir ko‘rsatgan.

    Otabek Bakirov
    Foto: Markaziy bank

    “O‘tgan yilning shu davriga nisbatan so‘mning real samarali almashuv kursi mustahkamlanishi 8,3 foizga, bazaviy davr 2019-yil sentyabriga nisbatan 10,8 foizga yetgandi. Iyulda asosiy ikki savdo hamkorlarimiz valyutalari alohida va korzinada qadrsizlanishda davom etdi va davom etmoqda. Shu maʼnoda, real samarali almashuv kursi yil oxirigacha va o‘rta muddatli istiqbolda nisbatan barqaror bo‘lishi faqat bizga bog‘liq emas.

    O‘zi kurs o‘zgarishi bilan bog‘liq joriy tendensiyalarni nafaqat real samarali almashuv kursi, balki ikki tomonlama defitsit: tashqi savdo va budjet defitsiti oshib borayotganiga bog‘lash va shu orqali izohlash yanayam tushunarliroq va adolatliroq bo‘lardi”,—deb yozgan iqtisodchi.

    Twitter‘dagi MacroBS sahifasi muallifi ham devalvatsiya to‘g‘risida munosabat bildirdi.

    “Ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi surʼatining biroz tezlashishi...” — bir kunda o‘tgan yilgi yillik devalvatsiya bo‘layotgan bo‘lsa, bu biroz emas, jiddiy devalvatsiyada endi. Markaziy bank keltirgan asosiy sabab real almashuv kursining mustahkamlanishi. Real almashuv kursining mustahmaklanishi bu oddiy qilib aytganda, o‘zbek mahsulotlari savdo hamkorlariga nisbatan qimmatlashyapti, degani. Qancha qimmatlashgan? Markaziy bank yarim yil yakuni bo‘yicha chiqargan hisobotida 10,6 foiz hisoblagan. Sababi o‘tgan 2 yilda so‘m o‘rtacha dollarga nisbatan yiliga 3,5 foiz atrofida devalvatsiya bo‘lgan. Inflyatsiya esa rasmiysi ham 2 xonadan baland. Shukrki, dollar 10 foizga ko‘tarilmadi ham.

    Devalvatsiya narx-navoga taʼsir qilmasdan qolmaydi. Markaziy bank devalvatsiyani inflyatsiyaga taʼsirini kulgili ravishda baholagan. Butun dunyoda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 0,3–0,4 foiz band bo‘lsa, bizda sal kam 2 baravar kam ekan devalvatsiyani inflyatsiyaga taʼsiri. Agar fundamental omil ichki disbalans oqibati bo‘lsa – budjet defitsiti, iqtisodiyotdagi samarasizlik, eksport bilan muammolar – unda yechim devalvatsiya emas, strukturaviy islohotlar qilishni talab qiladi”, — deya yozgan MacroBS.

    Iqtisodchi Abdulla Abduqodirov Twitter’dagi sahifasida kurs oshishida o‘sib borayotgan davlat xarajatlari va tashqi qarz asosiy omil ekaniga urg‘u bergan.

    Abdulla Abduqodirov
    Foto: “Daryo”
    “Dollar kursiga qarab, yangi sovuq shamollarni his qildinglar-mi? Mo‘jiza iqtisodiyotda bo‘lmaydi. Inflyatsiya va almashuv kursini barobar, stabil ushlab bo‘lmaydi...”, — deb yozgan mutaxassis. 

    Yaqinda Markaziy bank rahbariyati tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida o‘zbek so‘mi yiliga 6–7 foizga qadrsizlanayotgani aytilgandi. O‘shanda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov valyuta qadrsizlanishi haqidagi qarashlar nisbiy ekanini taʼkidlagan.

    “So‘mning qadri nima bilan o‘lchanadi? Buni tashqi savdo bilan shug‘ullanayotganlar valyuta kursi bilan, kundalik hayotda esa inflyatsiya darajasi va narx-navo bilan o‘lchashadi. Asosiy savdo hamkorlarimizga qaraydigan bo‘lsak, so‘mimiz o‘tgan 6 oy davomida dollarga nisbatan 3,2 foizga qadrsizlandi. Turkiya, Rossiya, Xitoydagi vaziyatga qarasak, hammasi nisbiy. Ularning milliy puli qadrli, bizniki qadrsiz deb baholash – noto‘g‘ri taqqoslash bo‘ladi”, — degan u.
    Mamarizo Nurmurodov
    Foto: “Daryo”

    Mamarizo Nurmurodov fikrini davom ettirar ekan, so‘m qadrining oshishi nimalarga bog‘liqligini tushuntirgan.

    “Nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda milliy pulning qadrini iqtisodiyot belgilaydi. Yaʼni iqtisodiyotning barqaror o‘sishi, uni tashqi iqtisodiy faoliyatda inklyuziv rivojlanishi bu milliy pulning qadrini belgilaydigan eng asosiy ko‘rsatkichdir. O‘zbekistonda 2017-yildan, yaʼni valyuta bozori erkinlashtirilganidan beri bugungi kungacha bo‘lgan valyuta kursining o‘zgarishini tahlil qilsak, ko‘plab davlatlardagi valyuta qadrsizlanishidan bizdagisi ancha past.
    Shu nuqtayi nazardan 4 yildan ortiq vaqt davomida milliy valyutamiz o‘rtacha 6–7 foizga qadrsizlanyapti. Bu degani inflyatsiya 10 foizdan yuqori bo‘layotgan sharoitda valyuta qadrsizlanib ketyapti, deyishga hech qanday asos yo‘q. Iqtisodiy o‘sishlar ham shu kursning mevasi. Bir dollar 11 500 so‘m bo‘lgani uchun o‘zbek so‘mi kuchsiz valyuta deyishga hech qanday asos yo‘q”, — degan Markaziy bank raisi.

    Avvalroq Forbes nashri eʼlon qilgan maqolada 2023-yilda dunyodagi 10 ta eng kuchsiz valyutalar qatorida o‘zbek so‘mi ham borligi ko‘rsatilgandi.

    10.08.2023, 19:20   Izoh (0)   67679
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Buxoroda “Siyovush tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

    10.08.2023, 19:09

    Samarqandda noqonuniy qurol saqlab kelganlarning quroli olib qo‘yildi

    10.08.2023, 18:56

    Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifni Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi (foto)

    10.08.2023, 17:30

    O‘zbekistonda “Dok-1 Maks”dan 65 nafar bola vafot etgani ma’lum qilindi

    10.08.2023, 17:16

    Tataristondagi o‘zbekistonliklar 8 oydan buyon maosh ololmayotganini aytib, murojaat bilan chiqdi

    10.08.2023, 17:10

    Qarshidagi tibbiyot texnikumi va madaniyat maktabida suvdan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatiga 116 mln so‘mdan ortiq zarar keltirilgani ma’lum bo‘ldi

    10.08.2023, 16:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.