Sankt-Peterburgning Petrogradskiy tuman sudi harbiy komissariyatga (voyenkomat) o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan 24 yoshli o‘zbekistonlik yigitni hibsga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
O‘zbekiston fuqarosi Rossiya Jinoyat kodeksining 30-moddasi 1-qismi va 250-moddasi 2-qismi (“Portlash, o‘t qo‘yish yoki boshqa harakatlar sodir etishga urinish”) da nazarda tutilgan jinoyatda gumon qilinmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 10-avgust kuni tunda bir shisha yoqilg‘i butilkasini sotib olgan, shundan so‘ng harbiy komissariyat binosiga borgan.
Qo‘riqchilar komissariyat atrofida aylanib yurgan o‘zbekistonlik yigitni payqab, uni to‘xtatgan. Yigitning ryukzagi ichidan benzin hidi bor sariq suyuqlik solingan butilka topilgan. Ayblanuvchi binoga nima uchun kelganini ayta olmagan.
Aniqlanishicha, qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistondan Rossiyaga mart oyida kelgan.
Izoh (0)