Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 10-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 2,14 so‘mga ko‘tarilib, 11 667 so‘mni tashkil qildi. Yevro 12,85 so‘mga oshib, 12 809,20 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,40 so‘mga pastlab, 119,99 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar va yevro kursi tushib, ketma-ket sakkiz kun pastlagan rubl ko‘tarilgandi.
Izoh (0)