• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston aholisi 400 ga yaqin nosoz liftdan foydalanib kelayotgani aytildi

    O‘zbekistondagi yangi qurilgan ko‘p xonadonli uylardagi qariyb 400 ga yaqin liftda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmasdan foydalanib kelinmoqda. Bu haqda Senat yalpi majlisida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mita raisi Qutbiddin Burxonov maʼlum qildi.

    Qutbiddin Burxonov

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Senatorning aytishicha, 18-iyunda Toshkent shahar Yangihayot tumani “Yangi Darxon” mahallasidagi ko‘p qavatli uyning liftida yuzaga kelgan nosozlik sabab 11 nafar fuqaro jabrlangandi. Shundan so‘ng, Senat qo‘mitasi tomonidan mamlakatdagi liftlarning holati hamda ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya qilinishining ahvoli o‘rganilgan. Natijada qator tizimli muammo hamda kamchiliklar mavjudligi aniqlangan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    “Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi zimmasiga ko‘p kvartirali uylardagi liftlarning texnik holati belgilangan talablarga muvofiqligini taʼminlash, ularning davlat ekspertizasidan o‘tkazilgan holda o‘rnatilishini nazorat qilish, nosoz liftlardan foydalanishni taqiqlash choralarini ko‘rish kabi qator vazifalar yuklatilgan. Biroq  ajablanarli jihat shundaki, bu vazifalarni amalga oshirishi uchun inspeksiya zarur vakolatlarga va yetarli mutaxassislarga ega emas. Misol uchun, yangi qurilgan ko‘p xonadonli uy-joylarni davlat hayʼati qabul qilish komissiyasi tarkibiga inspeksiya kiritilmagan. Oqibatda mutaxassislarning tegishli xulosasi olinmasdan, yaʼni lift qurilmalari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olinmasdan hamda xavfsizlik tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilmagan tarzda liftlar foydalanishga topshirilmoqda”, — dedi senator.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qutbiddin Burxonovning maʼlum qilishicha, O‘zbekistonda yangi qurilgan ko‘p xonadonli uylardagi qariyb 400 ga yaqin lift uskunalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmasdan foydalanib kelinmoqda.

    “Hozirgi tartibga muvofiq, ko‘p xonadonli uylarda o‘rnatilgan liftlarning texnik holatini nazorat qilish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq funksiyalar amalda ikkita davlat organi – ham Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, ham Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Aslida bu ikki tuzilma ham o‘z vazifalarini to‘laqonli bajara olish imkoniyatiga ega emas.

    Xususan, mamlakatdagi jami 4 mingdan ziyod ko‘p qavatli uylarda qariyb 11 mingdan ortiq lift mavjud. Tegishli meʼyoriy texnik hujjatlar talabiga muvofiq ular har oyda texnik ko‘rikdan va 12 oyda bir martda to‘liq texnik sinovdan o‘tkazilishi zarur. Holbuki, har ikkala inspeksiyaning ana shu birgina vazifani amalga oshirish uchun ham moddiy-texnik, tashkiliy va boshqa imkoniyati yo‘q. Oqibatda qonunchilikda, jumladan hukumat qarorlarida belgilangan muhim qoidalarning ijrosi taʼminlanmayapti”, — dedi qo‘mita raisi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-iyundagi qaroriga asosan, 2021—2023-yillar oralig‘ida jami 1685 ta lift uskunalari taʼmirlanishi va yangisiga almashtirilishi rejalashtirilgan. 2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, 1222 ta lift taʼmirlangan va yangisiga almashtirilgan.

    “Mutasaddilar tomonidan olingan maʼlumotga ko‘ra, qolgan 463 tasini belgilangan muddatda taʼmirlash yoki almashtirish esa turli sabablarga ko‘ra (2020-yildagi narxlar bilan bugungi kundagi narxlar orasidagi farq sababli) shubha ostida qolmoqda”, — deya gapirdi senator.

    04.08.2023, 14:26   Izoh (0)   4420
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari muzokara o‘tkazdi

    04.08.2023, 13:45

    “Devorlari zax bosib, mog‘orlab ketgan” — senator Andijondagi SSSR davrida qurilgan shifoxona yaroqsiz holga kelib qolganini aytdi

    04.08.2023, 13:19

    Farg‘onada umra yo‘llanmasini tayyorlab berishini aytib, 20 ming dollarni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

    04.08.2023, 13:10

    O‘zbekiston tijorat banklarida dollar kursi 11 720 so‘mga chiqdi

    04.08.2023, 13:03

    Toshkentdagi tug‘ruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etdi

    04.08.2023, 12:47

    Samarqandda pul evaziga ikki kishini o‘qishga kiritishni va’da qilgan maktab o‘qituvchisi ushlandi

    04.08.2023, 12:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.