Toshkent shahar Yangihayot tumanida ichida 11 kishi bo‘lgan lift pastga tezlik bilan tushib ketdi. FVV holat yuzasidan ma‘lumot berdi.
Unga ko‘ra, holat 18-iyun 16:15 larda Toshkent shahar Yangi hayot tumani “Yangi Darxon” MFY, Navro‘z ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan. Yuk tashish uchun mo‘ljallangan lift yuqoridan pastga tushayotgan vaqtida texnik nosozlik tufayli tezlashib, 1-qavatga yaqinlashganda liftning avtomatik tormoz tizimi ishga tushib to‘xtagan.
Natijada liftda bo‘lgan 11 nafar fuqaro turli darajada yengil tan jarohati olib, RSHTYoIMga olib ketilgan. Hozirda shifoxonadan 8 nafar fuqaroga uyiga javob berilgan, qolgan 3 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Voqea joyiga FVV xodimlari, shahar va tuman FVB rahbariyati, IIB, Prokuratura hamda SSB xodimlari chiqqan.
Izoh (0)