• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Maxsus davlat kompaniyasi Toshkent hokimligi va tadbirkorlar o‘rtasidagi “ko‘prikka” aylanadi

    Toshkent shahri hokimligi muassisligida davlat va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida “ko‘prik” vazifasini bajaruvchi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilmoqda. Bu haqda Toshkent shahrini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmonida so‘z boradi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Kompaniyaning ustav kapitali xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarori asosida Toshkent shahri shahar budjetining qo‘shimcha manbalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan bosqichma-bosqich 1 trillion so‘m miqdorida shakllantiriladi.

    Kompaniya va jamg‘arma mablag‘larini loyihalar va boshqa maqsadlarga yo‘naltirish hamda tijorat banklari va xalqaro moliya institutlaridan qarz mablag‘larini jalb etish Kompaniya kuzatuv kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.

    “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

    • Toshkent shahri va tumanlar hokimliklari hamda ular tarkibidagi korxona va muassasalarga tegishli mulklar holatini tahlil qilish, mavjud resurs va imkoniyatlarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
    • Munitsipal mulklarni boshqarish, ularning negizida davlat sherigi sifatida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish hamda ularni tadbirkorlik subyektlariga ijara va boshqaruvga berish, ularning monitoringini yuritish va samaradorligini baholab borish;
    • Munitsipal mulklarning investitsion jozibadorligini oshirish, ularning negizida investorlar bilan hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
    • Tadbirkorlik subyektlarining Toshkent shahri infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq istiqbolli loyihalarini ularning moliyaviy jozibadorligi va samaradorligidan kelib chiqib moliyalashtirishda ishtirok etish;
    • Toshkent shahrining alohida hududlarini rivojlantirish va renovatsiya dasturlari, master reja va quriladigan obyektlarning loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
    • Toshkent shahridagi kommunal soha korxonalarining faoliyatini tahlil qilgan holda, ular faoliyatini transformatsiya qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
    • Toshkent shahridagi qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini hamda infratuzilma tarmoqlariga ulanish jarayonlarini muvofiqlashtirish.

    Hujjat bilan yer uchastkalari negizida “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari ham tasdiqlangan.

    Mazkur mexanizm asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlangan yer uchastkalari yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga 49 yildan oshmaydigan muddatga ijaraga beriladi.

    Yer uchastkalari, unda amalga oshiriladigan investitsiya loyihasining master rejasi, loyiha hujjatlari va boshqa ruxsat berish hujjatlari rasmiylashtirilgan holda, Kompaniya buyurtmasiga asosan u bilan birgalikda loyihani amalga oshirishda ishtirok etish huquqi uchun “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolariga chiqariladi.

    Auksion savdolarida shakllangan narx auksion g‘olibi tomonidan bir yil ichida kompaniya va auksion g‘olibi ishtirokida tashkil etiladigan xo‘jalik jamiyati ustav kapitaliga g‘olibning ulushi sifatida yo‘naltiriladi, bunda ushbu xo‘jalik jamiyatining ustav kapitalida Kompaniyaning 50 foizgacha ulushi tegishli loyiha uchun tanlangan yer uchastkasining auksion savdolarida shakllangan narxi hisobiga shakllantiriladi.

    Tashkil etiladigan xo‘jalik jamiyatining ta’sis hujjatlarida kompaniyaning ulushi sotish yoki qurilgan obyektning bir qismini yoki uning qiymatini olish hisobiga begonalashtirilishi mumkin. Bunda, ulush qiymati davlat aktivining auksion savdolarida shakllangan bahosidan kam bo‘lmasligi kerak.

    Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi

    Kompaniya poytaxt hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan boshqariladi. Uning asosiy manbalari:

    • Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan loyihalardan olingan daromadlar, shu jumladan “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yangidan yaratilgan aktivlarni sotishdan tushgan tushumlar;
    • Kompaniya davlat sherigi sifatida ishtirok etgan davlat-hususiy sheriklik loyihalaridan olingan daromadlar;
    • Toshkent shahridagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishdan hamda yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushadigan mablag‘larning Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xarajatlar chegirib qolinganidan so‘ng qolgan qismining 70 foizi va yer uchastkasi joylashgan tuman budjetiga yo‘naltiriladigan qismi, bundan maxsus iqtisodiy zonalar, kichik, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda “Business city” markazlari hududlaridagi yer uchastkalari mustasno;
    • Toshkent shahrida maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalarning Toshkent shahri mahalliy budjetiga yo‘naltiriladigan qismining 50 foizi;
    • Toshkent shahri uchun ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflariga belgilangan maxsus ustamaning Toshkent shahri hokimligiga hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga yo‘naltirilgan qismi;
    • Toshkent shahrida tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) joylashtirish uchun qonunchilikda belgilangan to‘lovning 20 foizi;
    • Toshkent shahrida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish qiymatiga kiritilgan to‘lovning 100 foizi;
    • Vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;
    • Toshkent shahrining shahar budjeti daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismidan ajratmalar;
    • Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
    • Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

    Jamg‘arma qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan, investorning o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, shuningdek, xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari bo‘yidagi yaxlit yer maydonlarida tashkil etiladigan yo‘lbo‘yi infratuzilma obyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash bilan ham shug‘ullanadi.

    Bundan oldin Toshkent shahrida qo‘shimcha 4 ming gektar yashil hududlar tashkil etilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. 

    01.08.2023, 10:13   Izoh (0)   4650
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hokimlik ‘Paxtakor’ klubining ta’sischisi va bosh homiysidir”. Toshkent shahar hokimligi nima uchun futbol klubiga 7 mlrd so‘m o‘tkazib berganini izohladi

    16.07.2023, 08:12

    Toshkent yetti yilda dunyoning eng yaxshi shaharlaridan biriga aylana oladimi? Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

    27.07.2023, 23:12

    “Maktablarda taʼlim sifati pastligini hamma biladi”— vazir o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev muammoni qanday yechish mumkinligini aytdi

    01.08.2023, 09:35

    IIO xodimlari bolalarga ma’ruza o‘qigan bog‘cha mudirasi va uslubchisiga intizomiy chora qo‘llanildi

    01.08.2023, 09:27

    Energetika vazirligi tizimiga rahbarlar tayinlandi

    01.08.2023, 09:05

    Qishloq xo‘jaligi vaziriga yana bir yangi o‘rinbosar tayinlandi 

    01.08.2023, 08:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht savdoga chiqishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:30

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49

    AQSH razvedkasida Rossiya bo‘yicha ishlovchi 36 nafar xodim maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilindi

    Dunyo | 22 avgust, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.