Alisher Shukurov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar beradi O‘zA.
Tayinlovga qadar Alisher Shukurov qishloq xo‘jaligi vazirining iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, kuni kecha Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani hokimi vazifasini bajarib kelgan Botir Tog‘ayev Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Bundan oldin Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziriga o‘rinbosarlar tayinlangani, ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)