Energetika vazirligi tizimiga rahbarlar tayinlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Bahrom Mansurov Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar 2019-yilning noyabridan buyon Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Undan avval Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari bo‘lgan.
Ilhom Nimatullayev Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar 2019-yilning dekabridan buyon Energetika vazirligining Metodologiya va lisenziyalash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. Undan avval Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Ushbu inspeksiya prezidentning 2023-yil 15-fevraldagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tashkil etilgan edi.
Izoh (0)