Peruda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus qoyadan qulab tushdi. Buning oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi.
Hodisa Peruning shimoli-g‘arbiy qismida sodir bo‘lgan. Avtobus San-Martin departamentidan Tumbes hududiga ketayotgan edi. Avtobusda ikki haydovchi va 50 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. 20 dan ortiq kishi og‘ir tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Yo‘l-transport hodisasi sabablari hozircha aniqlanmagan. Peruning RPP radiostansiyasi xabariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari tergov ishlarini olib bormoqda.
- 30-iyul yakshanba kuni Turkiyaning Kars viloyatida avtobus 50 metrlik qoyadan qulagani xabar qilingandi. Hodisaga avtobus haydovchisining boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygani sabab bo‘lgan. Fojia oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, yana 22 kishi jarohatlandi.
Izoh (0)