Namangan viloyatida joylashgan Chodak dam olish maskanida ikki qiz arg‘imchoqdan tushib ketgani aytilgan video tarqaldi. FVV ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilganda ushbu videodagi holat Chodak dam olish maskanida emas, bir yil oldin chet mamlakatlarning birida sodir bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqda tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgan holat O‘zbekistonda sodir bo‘lmagan.
Biroq Namangan viloyati Pop tumanidagi mazkur Chodak dam olish maskanida 11-iyul kuni ichida fuqarolar bo‘lgan kanat yo‘li ishlamay to‘xtab qolgan edi. Kanat ishchi xodimlari tomonidan qutqaruv arqoni orqali fuqarolar tushurib olingan.
Izoh (0)