Shavkat Mirziyoyev 27—28-iyul kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘ladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot kotibi.
Ma’lum qilinishicha, davlati rahbari qishloq xo‘jaligi va sanoatda ishga tushirilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlari hamda mahallalar hayoti bilan tanishadi.
Shuningdek, hududlarning iqtisodiy o‘sishini ta’minlash va aholi farovonligini oshirish uchun joylardagi mavjud salohiyatni ishga solish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Prezident hududlar rivoji bilan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatida so‘nggi marta 2022-yilning 12—13-may kunlari bo‘lgandi. Safar davomida qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlardagi korxonalar faoliyati bilan tanishib, mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirgandi. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgandi.
Izoh (0)