• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Raqobat qo‘mitasi va Uzbekistan Airports aeroportdagi taksilar yuzasidan sudlashdi. O‘zi nima gap?

    Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airports aeroportga kirish hududiga kirish-chiqish uchun bitta taksi xizmatiga ruxsat berganini noqonuniy deb topdi va kompaniyadan barcha taksilarning terminalga kirishi uchun sharoit yaratish va to‘xtash joylari narxlarini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi. Bundan norozi Uzbekistan Airports qo‘mita bilan sudlashdi.

    Foto: Uzbekistan Airports matbuot xizmati

    O‘zi nima gap?

    Toshkent aeroporti hududi noqonuniy taksi haydovchilaridan “tozalanib”, 2022-yil 12-sentabrdan auksion orqali g‘olib deb topilgan taksi xizmati — Taxi Airport Tashkent ish boshlagandi. Taksi xizmatini tashkil etish bo‘yicha kompaniya uch yildan ortiq bo‘lmagan benzinli avtomashinalar parkiga, shuningdek, kamida uch yillik tajribaga ega bo‘lgan haydovchilar tarkibiga ega bo‘lishi kerak edi. O‘tkazilgan elektron auksionda “Bobur Diyor” kompaniyasi g‘olib bo‘lgandi. Kompaniya aeroport yo‘lovchilarini tashish tariflarini Uzbekistan Airports bilan kelishib joriy etadi.

    Raqobat qo‘mitasi yo‘lovchilar kelish terminali yonidagi maxsus yo‘lning birinchi qatoriga faqat bitta tadbirkorlik subyektiga tegishli avtomobillarning kirishiga shart-sharoit yaratib berilgani, ushbu subyektdan to‘lovlar undirilmayotgani, unga tashish uchun qat’iy belgilangan tarif qo‘llanishi va har qanday narxlar o‘zgarishi kelishilishi belgilangani, shuningdek, “texnik topshiriq” shartlari talabiga mos keluvchi litsenziyaga ega bo‘lgan taksi xizmatini ko‘rsatuvchi boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning avtomobillarini ushbu hududga kiritmayotganini raqobatning cheklanishi deb topdi.

    Bundan tashqari, aeroport hududiga yaqin joylardagi avtoturargohlar uchun to‘lov miqdori oshirilganini aniqlab, to‘lov miqdorini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

    Uzbekistan Airports qo‘mitaning qaror va ko‘rsatmasidan norozi bo‘lib, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudiga murojaat qildi. Sudning 2023-yil 28-martdagi hal qiluv qarori bilan Uzbekistan Airports shikoyati rad etilib, qo‘mitaning qaror va ko‘rsatmasi o‘z kuchida qoldirildi. Uzbekistan Airports appelyatsiya shikoyati asosida ish Toshkent shahar ma’muriy sudi appelyatsiya instansiyasi tomonidan ham ko‘rib chiqildi, ammo 12-iyunda shikoyatni qanoatlantirish rad etildi. Endi kompaniya Oliy sudga kassatsiya shikoyati bilan, shuningdek, taksi xizmatlari uchun yangi kompaniyalarni tanlash yo‘li bilan, qo‘mitaning buyrug‘ini bekor qilish uchun murojaat qilmoqchi.

    Foto: Uzbekistan Airports matbuot xizmati

    Uzbekistan Airports munosabati 

    Kompaniya bayonotiga ko‘ra, Uzbekistan Airports E-auksion.uz saytida qonun hujjatlariga muvofiq — Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish terminalida taksi xizmati uchun joy ajratish bo‘yicha lot o‘rnatdi. Lotga bir qator majburiy hujjatlar, jumladan, texnik topshiriqlar biriktirilgan. Unga ko‘ra, taksi xizmati benzin yoki elektr quvvatida ishlaydigan transport vositalariga ega bo‘lishi lozim, sababi aeroport hududida gaz qat’iyan taqiqlangan. Shuningdek, taksi xizmati yo‘lovchilardan barcha shakllarda to‘lovlarni qabul qilishni taʼminlashi kerak. Haydovchilarga ham majburiy talablar qo‘yilgan – yagona forma, ozoda ko‘rinish, o‘zbek, rus va ingliz tillari asosini bilish.

    “Bugungi kunda Toshkent shahrida yuzlab taksi kompaniyalari mavjud bo‘lib, ularda minglab turli markadagi, turli yillarda ishlab chiqarilgan, turli holatda va gazda yuradigan avtomobillar mavjud. Aeroport hududiga kirishda ularning toifalangan obyektning talablariga muvofiqligini tekshirish shunchaki imkonsiz. Shu munosabat bilan Uzbekistan Airports taksilar bilan bog‘liq vaziyatni bartaraf etish va yo‘lovchilar murojaatlarini inobatga olib, taksi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yagona xizmatni tanlashga qaror qildi. Aks holda, aeroportda tartibni ta’minlashning iloji yo‘q edi”, — deyiladi bayonotda. 

    Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva aeroportda gazda yuradigan eski mashinalar qat’iyan taqiqlangani, qimmat narxlar, qo‘pol haydovchilar bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini avval ham aytib o‘tgandi. “Biz bunday mashinalarning uchib kelish terminali zinapoyasigacha harakatlanishiga ruxsat bera olmaymiz. Bu nafaqat mamlakatning salbiy imiji, balki yo‘lovchilar xavfsizligiga tahdiddir. Muammoning yagona yechimi — rasmiy taksi xizmatiga o‘tish — bu jahon amaliyoti”, — degan edi u.

    Foto: Uzbekistan Airports matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, sud va qo‘mita Uzbekistan Airports’ning yana bir qancha taksi xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalarni auksionga qo‘yish qarorini hisobga olmadi. Yaqin kunlarda E-auksion.uz saytida yana uchta — Toshkent xalqaro aeroportining umumiy uchish zalida, CIP uchish zalida, shuningdek, mahalliy aviaqatnovlar terminalida yana bir nuqta ochish bo‘yicha lot joylashtiriladi.

    Takidlanishicha, yagona taksi xizmati faoliyat ko‘rsatgan yil davomida aeroport va ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaga birorta ham shikoyat kelib tushmagan, aksincha, yo‘lovchilar doim ijobiy fikr bildirmoqda.

    “Bir yil oldingi holatga qaytadigan bo‘lsak: ijtimoiy tarmoqlar va turli idoralarga, prezidentning virtual qabulxonasigacha aeroportni tozalash talabi bilan doimiy murojaatlar kelib tushgan. Eski mashinalar, odobsiz haydovchilar, qimmat narxlar, shuningdek, bir necha talonchilik va yo‘lovchilarni kaltaklash holatlari — bugun Uzbekistan Airports bularning barchasini hech bo‘lmaganda o‘z hududidan siqib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi”, — deyiladi bayonotda.

    Endi yo‘lovchi rasmiy taksi xizmatlaridan foydalanishi yoki taksi agregatorlari Yandex, MyTaxi va hokazolarni eng yaqin avtoturargohga (terminaldan 50-100 metr masofada) chaqirishi mumkin, u yerda esa taksilar uchun 10 daqiqa bepul turish vaqti beriladi.

    27.07.2023, 17:16   Izoh (0)   8377
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ommaviy tadbirlar tashkil etish xususiy sektorga o‘tkaziladi

    27.07.2023, 16:42

    Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi

    27.07.2023, 16:27

    O‘zbekistonda dollar kursi tushdi

    27.07.2023, 16:10

    “Rubl qadrsizlanayotgani iqtisodiyotimizga salbiy taʼsir qilmoqda” — Mamarizo Nurmurodov

    27.07.2023, 14:59

    Joriy yil yakunigacha inflyatsiya darajasi 8,5—9,5 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda— Markaziy bank

    27.07.2023, 14:40

    Toshkentda oqar suvdan to‘lov asosida foydalanish yo‘lga qo‘yiladi

    27.07.2023, 14:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.