• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Birinchi turmushi muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga qaramay, keyingilaridan chin baxtini topgan mashhurlar

    Har bir inson baxtli bo‘lishga va uni tushungan inson bilan oila qurishga haqli. Afsuski, ko‘pincha juftliklarning dunyoqarashi bir-biriga mos kelmay, ajralishadi. Bu qanchalik og‘riqli mavzu bo‘lmasin, baxtsiz yashagandan ko‘ra qayta baxtli bo‘lishga intilgan afzalroq. O‘zbek san’ati vakillari orasida ham qayta juftini izlagan va bugungi kunda baxtli yashayotganlar bisyor. Keling, ular haqida bilganlarimizni siz bilan bo‘lishamiz.

    Sharof Muqimov: “Baxtli kunlar uchun rahmat...”

    Foto: Instagram

    Xonanda Sharof Muqimov 2010-yili hamkasbi Sevinch Mo‘minova bilan oila qurgandi. Ularning to‘yi o‘zbek shou-biznesidagi eng shov-shuvli to‘ylardan biri bo‘lgan, desak yanglishmaymiz. Sababi u kunga qadar birorta xonandaning to‘yi ochiqchasiga, bunchalik dabdaba bilan o‘tkazilmagandi. 

    Sevinch intervyularining birida to‘ydan so‘ng besh oy davomida qaynona-qaynotasi bilan bitta uyda yashaganini, so‘ng aytishni joiz deb topmagan “ma’lum bir sabablarga ko‘ra” turmush o‘rtog‘i bilan alohida uyga ko‘chib o‘tganini gapirgandi. “Shu vaqtdan e’tiboran oilamiz buzilishni boshladi, chunki Sharof bir kun men bilan yashasa, bir kun ota-onasi bilan yashardi”, — degandi Sevinch. Xullas, ana shunday vajlarga ko‘ra, ular 2017-yilda rasman ajrashdi. Hozirda xonanda qizi Leylani yolg‘iz tarbiya qilmoqda.

    Foto: Instagram

    Sharof Muqimov 2018-yili Husnora ismli qiz bilan tanishib, 2019-yilning iyun oyida unga uylandi. 2021-yilning dekabr oyida o‘g‘il farzandli bo‘lishdi. 
    Husnora talaba, shu bilan birga, Instagram’da ham faol. U mazali yeguliklar bilan turmush o‘rtog‘ini xursand qilishni yaxshi ko‘radi. Sharof Muqimov turmush o‘rtog‘iga Tracker avtomobilini sovg‘a qildi va baxtli kunlar uchun unga minnatdorlik bildirdi.

    Shahriyor AQSHdan kelib, uylandi

    Foto: Instagram

    Bir necha yildan buyon AQSHda istiqomat qilayotgan reper Shahriyor 11-iyul kuni Nurangiz ismli qizga uylandi. To‘y xorijda emas, balki xonanda tug‘ilib o‘sgan Samarqandda bo‘lib o‘tdi. Ammo bu nikoh marosimi xonandaning hayotidagi birinchi to‘y emas. U bundan avval ham oila qurgan va 2016-yili o‘g‘il farzandli bo‘lganini ma’lum qilgandi. 
    Hamisha shaxsiy hayotini ommadan sir tutadigan ijodkorning navbatdagi to‘y videolari ham tashkilotchilar sabab ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

    Ahror Usmonov o‘g‘illari bilan aloqani uzmagan

    Foto: Facebook / Aziza Usmonova

    Lirik qo‘shiqlarning mohir ijrochisi Ahror Usmonov ham ikkinchi nikohidan baxt topgan ijodkor hisoblanadi. U avvaliga teleboshlovchi Aziza Usmonova bilan oila qurgan. Ikki nafar o‘g‘il farzandli bo‘lishganidan so‘ng, ular ajrashgan. Shundan so‘ng xonanda katta to‘y-tantanalar bilan Gulbahor ismli qizga uylangan. Hozirda ularning uch nafar qiz farzandlari bor.

    Foto: Instagram / @ahrorusmonov6621

    Ammo xonanda o‘g‘illari bilan ham munosabatini uzmagan. O‘g‘lining nikoh to‘yida ayoli va qizlari bilan ishtirok etib, ikki yoshga baxt tilagan.

    Ali Otajonov shaxsiy hayotini sir tutadi

    Foto: Instagram

    Taqdir taqozosi bilan bu xonanda ham ikki marta oila qurgan. U 2015-yili oila qurgan, ammo oilaviy kelishmovchiliklar sabab ko‘p o‘tmay ajrashgan. Undan keyin yana oila qurgan. Hozirgi kunda turmush o‘rtog‘i bilan baxtli-saodatli yashamoqda. Ijodkor shaxsiy hayotini ommadan sir tutadi, Instagram tarmog‘iga ham faqat qizalog‘i Maryam bilan tushgan suratlarini joylaydi.

    Ulug‘bek Qodirov bir oy yashab, ajrashgan...

    Foto: Instagram

    Aktyor Ulug‘bek Qodirov 2012-yilning sentabr oyida ota-onasining qistovi bilan uylangan. To‘y katta dabdaba bilan o‘tgan bo‘lishiga qaramay, kuyov bir oydan keyin ajrashishga qaror qilgan. Mish-mishlarga qaraganda, bunga kelinni yoqtirmay uylangani sabab bo‘lgan. 2013-yilning aprel oyida esa aktyor “Shahrizoda” guruhining a’zosi Aziza bilan oila qurgan. Ular 2014-yili qiz, 2016-yilda esa o‘g‘il farzandli bo‘lishganini ma’lum qilishdi.

    Karantinda oila qurgan Ulug‘bek Xolmedovning turmushi buzildi

    Qiziqchi Ulug‘bek Xolmedov ham, afsuski, ikki marta oila qurgan. Uning ilk nikoh to‘yi 2020-yilning 14-iyun kuni bo‘lib o‘tgan. Karantin kuchaytirilgan payt bo‘lgani uchun Mirzabek Xolmedov to‘yni hovlisida o‘tkazgan. Afsuski, kelin-kuyovlarning munosabati uzoqqa bormay, uzilgan. 

    2023-yilning 2-iyul kuni Ulug‘bek yana oila qurdi. Uning navbatdagi to‘yi ham dabdabali tarzda o‘tkazildi va unda o‘zbek san’atining ko‘plab vakillari ishtirok etishdi.

    Yigitali Mamajonov uchinchi nikohdan baxtini topdi

    Aktyor Yigitali Mamajonov 2012-yilning 16-noyabr kuni xonanda Rayhon bilan oila qurgan. 2014-yil esa ular egizak farzandli bo‘lishgan. Afsuski, oradan ko‘p vaqt o‘tmay turli nizolar sabab ular ajrashishga qaror qilishgan. 2016-yilning may oyida Yigitali Mamajonov xonanda Rayhon bilan rasman ajrashganini ma’lum qilgan.

    Foto: Instagram

    Qozog‘istondagi ijodiy safarlari chog‘ida esa Nigina ismli qiz bilan tanishib qolgan va qiz farzandli bo‘lishgan. Ammo aktyorning bu munosabati ham uzoqqa cho‘zilmagan.

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullaeva

    2018-yili esa aktyor Muqaddas Sa’dullayeva bilan oila qurganini ma’lum qildi. Bu nikohidan Abubakr va Xadicha ismli farzandlari bor.

    19.07.2023, 17:25   Izoh (0)   70665
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Birinchi turmushi omadsizlikka uchragach, ikkinchi yoki uchinchisidan baxt topgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    18.11.2021, 14:44

    Katrina Kaif, Amir Xon va hamkasblari orasida injiqligi bilan ajralib turadigan boshqa Bollivud aktyorlari 

    19.07.2023, 16:30

    Yillab kutilgan baxt: Farzandli bo‘lish uchun ko‘plab mashaqqatlarni yengib o‘tgan o‘zbekistonlik mashhurlar

    19.07.2023, 11:30

    Amerikalik aktrisa Lindsi Lohan ilk marta ona bo‘ldi  

    18.07.2023, 17:40

    “Qattiqqo‘l xonim” filmidagi roli bilan tanilgan britaniyalik aktrisa Emili Blant karyerasida tanaffus qiladi

    18.07.2023, 10:40

    Instagram: Yodgor Sa’diyev xonadonida to‘y, Shahlo Zoirova to‘rtinchi bor ona bo‘ldi, Kanizaning “O‘zbekkonsert”ga e’tirozi 

    17.07.2023, 22:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eronda noma’lum shaxslar sud binosiga qurolli hujum uyushtirdi

    Dunyo | 26 iyul, 18:50

    “Arsenal” salkam 70 mln yevrolik futbolchi xarid qiladi

    Sport | 26 iyul, 18:30

    AQSH senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga undadi

    Dunyo | 26 iyul, 18:05

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.