• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Birinchi turmushi omadsizlikka uchragach, ikkinchi yoki uchinchisidan baxt topgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    Hayotimiz doim ham biz istagandek bo‘lmaydi. Ba’zan eng yaqin deb bilgan insonlarimiz uzoqlashadi, yoki aksincha begonalar yaqinlarimizga aylanadi. Mashhurlarning hayot yo‘llari ham bundan mustasno emas.

    Ular yetti yildan so‘ng ajrashishlarini tasavvur ham qilmagandi

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    2010-yildagi yulduzlar juftligining to‘yi katta shou-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Hatto Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minovaning nikoh oqshomining video disklari sotuvga ham chiqarilgandi. Afsuski, mashhur yulduzli juftlikning baxtli onlari uzoqqa cho‘zilmadi. Oilada dunyoga kelgan qizaloq ham uni saqlab qololmadi. Sevinch intervyularining birida to‘ydan so‘ng besh oy davomida qaynona-qaynotasi bilan bitta uyda yashashganini, so‘ng aytishni joiz deb topmagan “ma’lum bir sabablarga ko‘ra” turmush o‘rtog‘i bilan alohida uyga ko‘chib o‘tganini gapirgandi. “Shu vaqtdan e‘tiboran oilamiz buzilishni boshladi, chunki Sharof bir kun men bilan yashasa, bir kun ota-onasi bilan yashardi”, — degandi Sevinch.  Xullas, ana shunday vajlarga ko‘ra, ular 2017-yilda rasman ajrashdi. Xonanda Sevinch esa  qizi Leylani yolg‘iz tarbiya qilmoqda.

    Foto:

    Foto: "Daryo"

    Shundan so‘ng Sharof Muqimov 2019-yilda surxondaryolik muxlisasi bilan oila qurdi. Xonanda intervyularining birida rafiqasi haqida shunday degan edi:

    “Birinchi turmushim bilan shunaqa vaziyat bo‘lib qolgan. Biz ham xohlamaganmiz oilamiz o‘xshamay qolishini. Taqdir ekan. Ikkinchi marta turmush qurdim, ko‘z tegmasin, judayam yaxshi. Har tomonlama xursandman. Otamning ham duolarini olib kelyapti. Kuyovlarga aytadigan bir gapim bor, uylanishdan oldin kelinga shart qo‘yish kerak. Men ham shunday shart qo‘yib uylandim. Unga mening muhabbatim kaliti — bu sening yaqinlarimga beradigan mehring. Sen qancha mening aziz insonlarimga mehr bersang, mening eng katta muhabbatimga sazovor bo‘lasan. Oilamizning baxt-u kamoli faqat erkakka emas, ayol kishiga ham bog‘liq, deb turmush qurdik. O‘zi turmush qurishimiz ham oson bo‘lmadi. Quda tomonda ham turli xavotirlar bo‘ladi. Qaynonam ham juda yaxshi inson. Surxondaryoning Sherobod tumanidan. Qiziga yaxshi tarbiya bergani sababli dadam har kuni duo qiladilar hozirgi ayolimni. Qolaversa, men ham juda mamnunman. Hammaga go‘zal baxt tilab qolaman. Har doim ota-onaning qadriga nafaqat biz o‘g‘il farzandlar, balki kelinlar ham yetishiga tilakdoshman”.

    Zarina Nizomiddinova uchinchi turmushidan tinchidi

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Aktrisa Zarina Nizomiddinova juda erta oila qurganini ta’kidlaydi. Katta o‘g‘li Temurbekni ham 18 yoshida dunyoga keltirgan. Xorijdagi turmushi u qadar muvaffaqiyatli kechmagach, Toshkentga qaytib ijodini davom ettirgan. 2015-yilning 18-yanvar kuni esa ikkinchi bor  oila qurdi. Navbatdagi turmush o‘rtog‘i o‘zidan ancha katta va tadbirkorlik bilan shug‘ullandi. Afsuski, aktrisaning bu nikohi ham uzoqqa cho‘zilmadi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Oradan to‘rt yil o‘tib aktrisaning shaxsiy hayotida yana bir o‘zgarish sodir bo‘ldi. U Moskva shahrida istiqomat qiluvchi, o‘zidan 12 yosh katta inson bilan oila qurdi va 2020-yilda Saidumar ismli o‘g‘lini dunyoga keltirdi.

    Mavzuga doir: “Hozir kimgadir nimanidir isbotlaydigan vaqt emas”. Zarina Nizomiddinova mish-mishlarga izoh bermasligi va o‘zidan 12 yosh katta turmush o‘rtog‘i haqida so‘zlab berdi

    Rayhon va Yigitalining sevgisi to‘rt yilgina davom etdi

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Yana bir yulduzli juftliklardan biri Rayhon va Yigitali edi. Ular 2012-yilda oila qurgan va 2014-yilda Imron va Islom ismli egizak farzandlarning ota-onasi bo‘lgandi. Ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmay, ularning shaxsiy hayotiga putur yetganligi haqidagi mish-mishlar tarqaldi. 2016-yilda yulduzli juftlikning nikohi rasman bekor qilindi. Shundan so‘ng Yigitali chimkentlik Nigina ismli qiz bilan oila qurdi, oilada qiz farzand dunyoga keldi, aktyorning bu turmushi ham o‘xshamadi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    2016-yilning noyabr oyida esa Rayhon boshlovchi Farhod Alimov bilan nikohdan o‘tganligi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Rayhon omma oldida ikkinchi bor kelinlik libosini kiyishni istamadi, faqatgina nahorgi osh berish bilan kifoyalandi. Farhod Alimov ham uch farzandli bo‘lgach, birinchi turmushi bilan ajrashgan. Hozirda Farhod va Rayhon besh farzandini birgalikda voyaga yetkazmoqda. Ular bolalarni olib, xorijiy mamlakatlarga sayohatlarga tez-tez borib turadi.

    Mavzuga doir:

    • Rayhon Yigitali Mamajonov bilan ajrashganidan so‘ng o‘ziga kelishi uchun psixologga murojaat qilgan
    • “Yagona iltimosim — bizni tinch qo‘yishsin”. Rayhon Yigitali va Muqaddasga baxt tiladi
    Lola Samarqandga kelin bo‘lgan

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    O‘zbek shou-biznesining yorqin yulduzlaridan biri bo‘lgan Lola 2005-yilda Shohrux ismli tadbirkor yigit bilan oila qurgan. Shov-shuvli nikoh oqshomi haqida hatto telekanallar uchun reportaj ham tayyorlangandi. Ammo dabdabali to‘y Lolaga baxt keltirmadi. Juftlik nikohi davomida bir qiz, bir o‘g‘ilning ota-onasiga aylandi. Xonanda o‘g‘li Shohdiyor dunyoga kelgach, ajrashishga qaror qildi. Lola va Shohruxning nikohi 2011-yilda rasman bekor bo‘ldi.

    “Biz sobiq turmush o‘rtog‘im bilan tanishganimizda 18 yoshda edim. U meni turmushga chiqishga ko‘ndirish uchun bir yil ‘mehnat qildi’, bizning to‘yimizga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lgan ota-onamni ko‘ndirish uchun esa yana bir yil sarfladi. U hammamizni ko‘ndirish uchun barcha mahoratini ishga soldi. Shu tarzda oradan 2 yil o‘tib, biz unga taslim bo‘ldik. Otam sobiq turmush o‘rtog‘imdan to‘ydan keyin o‘qishimni davom ettirishim hamda o‘tgan yillar mobaynida erishgan karyeramni davom ettirish va’dasini oldi. Erkaklar qo‘l tashlashdi, non sindirildi, to‘yimiz bo‘ldi.

    To‘ydan keyingi 5 yil davomida men faqat uy ishlari bilan shug‘ullanib, uyda o‘tirdim. Biz shahardan 30 kilometr uzoqlikda yashardik, men deyarli uydan ko‘chaga chiqmasdim. Menga o‘qishimni davom ettirishga ham ruxsat berishmadi. Chunki bu yangi kelinchakka uydagi majburiyatlarini bajarashiga xalaqit berardi. Shu tarzda Vestministerni tamomlay olmadim. O‘qishimni yuridik universitetning sirtqi bo‘limiga ko‘chirishdi.

    Ishlashimni hamda kasbim bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishimni taqiqlashdi. Barcha dugonalarim bilan aloqam uzildi, ular bilan uchrashuvlarga, tug‘ilgan kun va to‘ylarga yuborishmasdi”, — deya hikoya qiladi Lola birinchi turmushida baxtsiz bo‘lgani haqida.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Bir muddat o‘zini ijodga bag‘ishlagan Lolaning hayotida ma’lum o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Moskvaga serqatnov bo‘lib qolgan xonanda 2017-yilda tojik millatiga mansub, asli samarqandlik, Moskvada o‘z biznesiga ega inson bilan oila qurganini oshkor qildi. Hozirda ularning Aisha ismli qizalog‘i ham bor. Hozirda Lola ijoddan biroz chekinib, uch farzandining tarbiyasi bilan band.

    Muqaddas Sa’dullayeva chin baxtini ikkinchi turmushidan topdi

    Foto: Instagram / @alimamadzhanov

    Foto: Instagram / @alimamadzhanov

    Aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaning ham shaxsiy hayoti sokinlikdan iborat emas. U 2014-yilning 5-noyabrida Sanjar ismli yigit bilan oila qurgan. Ammo ularning baxtli onlari bir yilga ham yetib bormadi. Aktrisa to‘ydan so‘ng olti oy o‘tib, homiladorligida ota uyiga qaytib kelib, qizi Sa’diyaxonni ota uyida dunyoga keltirdi.  Qator klip va filmlarda suratga tushgandan so‘ng yana aktrisa ekranlarda ko‘rinmay qoldi. U 2018-yilgi taqdimotlarning birida homilador qiyofada ko‘rinish berdi.  Uni ko‘pchilik xonanda bilan oila qurgan (bunga kliplardagi ishtiroki sabab) deb taxmin qilishdi. Farzandi tug‘ilgach, u turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov ekanligini oshkor etdi. Hozirda aktyorlar juftligi uch farzandni voyaga yetkazmoqda.

    Mavzuga doir: Muqaddas Sa’dullayeva Yigitali Mamajonovning yana bir marta uylanishiga qarshi emasligi, Rayhon klipiga taklif qilsa, suratga tushishi haqida (video)

    Ijoddagi oshiqlik hayotga ko‘chdi

    Foto: Instagram / @sharq_sarvar

    Foto: Instagram / @sharq_sarvar

    VIA Sharq guruhidagi Sarvar guruh a’zosi Tatyanaga uylanishdan avval oila qurgandi. Ba’zi sabablarga ko‘ra, birinchi oilasi bilan ajrashib, 2011-yili sahnadagi duetdoshi Tatyana bilan oila qurishga qaror qilgan. Oradan besh yil o‘tib, 2016-yilda o‘g‘il farzandli bo‘lishadi. Farzand ikki ijodkorning shaxsiy hayotidagi rishtalarni yanada mustahkamladi. Hozirgi kunda ularning Alixon, Maryam va Matin ismli farzandlari bor.

    Shahzoda Matchonova ayollik baxtini ikkinchi turmushidan topdi

    Foto: “Sb.uz”

    Foto: “Sb.uz”

    Foto: “Sb.uz”

    Foto: “Sb.uz”

    Aktrisa Shahzoda Matchonova 2016-yilning 25-noyabr kuni Omar ismli yigit bilan oila qurgandi. Yoshlarning nikoh oqshomi Toshkentdagi eng katta restoranlarning birida bo‘lib o‘tgan. Shundan so‘ng aktrisa shaxsiy hayoti haqida gapirmadi, odamlarning e’tibori ham susaydi. Ammo aktrisa 2019-yili Instagram’dagi stories’larining birida “Ajrashganmisiz?” degan savolga “Ha” deb javob berdi.

    Mavzuga doir:

    • Shahzoda Matchonova ajrashgani hamda bola asrab olish istagi haqida so‘zlab berdi
    • Shahzoda Matchonova ilk marta ona bo‘ldi

    Foto: Instagram / @shahzodamatchanova

    Foto: Instagram / @shahzodamatchanova

    2021-yil esa qizalog‘i Raniyani dunyoga keltirdi.

    Jo‘rabek ikki marta sevgisiz turmush qurgan

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “O‘zbek Tarkani” — Jo‘rabekning birinchi turmushi omadsiz kechgan. Xonanda ikkinchi ayoli bilan baxtli ekanligi, biroq uni sevmay uylanganini aytadi.

    “Uylanish mavzusiga boshqacha qarardim. Hammasi kinolardagidek bo‘lishini, bir kuni sevib qolib, uylanishni xohlardim. Negadir o‘zbek emas, boshqa millat vakiliga uylanishni xohlardim. Lekin birinchisida ham, ikkinchisida ham bu narsaga tayyor emasdim.

    Birinchi marta uylanganimda uydagilar majburlashgan. Ikkinchisida tanlash huquqi bo‘ldi. Uydagilarim qaysi millat vakiliga bo‘lsa ham, uylan, deyishdi. Niyatim koreysga uylanish edi. Koreyslar hech qarimaydi. Har doim chiroyli, yosh bo‘lib yurishadi. Lekin boshqa millatdan so‘kmaydigan va sigaret chekmaydigan qiz topa olmadim.

    Ikkinchi ayolimni ‘Odnoklassniki’dan topganman. U jismoniy tarbiya institutida o‘qirkan. U yerda do‘stlarim ishlardi, qo‘ng‘iroq qilib, surishtirdim. Qizni rosa maqtashdi. Keyin uchrashib, tanishdik, gaplashdik. O‘sha jarayonda o‘zimdan boshqa hech kimni sevib qola olmasam kerak, degan fikr keldi. Yaxshisi, shunchaki inson tanlash kerak ekan, deb o‘yladim. U sportchi, qaddi-qomati joyida, sog‘lom qiz bo‘lgani uchun uylanganman.

    Boshida sevmay turmush qurib, hayotimizni barbod qildik, deb o‘ylardik ikkalamiz ham. Lekin keyinchalik tushundikki, bu ishni to‘g‘ri qilganmiz. Sevgi qanaqadir ortiqcha narsa ekan turmushda. Sababi sevgan odamingizdan yomon narsa ko‘rsangiz, ko‘nglingiz qolib ketadi. Sevmagan odamingiz bilan bunaqa bo‘lmaydi”, — deydi xonanda.

                      Mavzuga doir:

    • Oila qurib, so‘ng ajrashgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
    • Xonanda va aktyor Sharof Muqimov surxondaryolik muxlisiga uylandi (foto)
    • 2020-yilda munosabatlariga nuqta qo‘ygan yulduzli juftliklar
    • Turmush qurib, ajrashish soni bo‘yicha “rekord o‘rnatgan” jahon yulduzlari (foto)
    • Havoga sovurilgan pullar: dabdabali to‘ydan so‘ng ko‘p o‘tmay ajrashgan yulduzlar (foto)

    18.11.2021, 14:44   Izoh (0)   166305
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Malika Diananing liboslari xuddi originalidek qayta tiklangan film va seriallar (foto)

    17.11.2021, 16:22

    25 mingdan 1,5 million so‘mgacha: “Xalqlar do‘stligi” saroyida yil oxirigacha o‘tkaziladigan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?

    17.11.2021, 14:22

    Tom Kruzning “Uddalab bo‘lmas topshiriq-8”ni suratga olish maydonchasidagi suratlari tarqaldi. Aktyorning semirib ketgani muxlislar e’tiroziga sabab bo‘ldi

    17.11.2021, 13:21

    Mashhurlar ham yig‘laydi: Ruhiy tushkunlikdan aziyat chekadigan yulduzlar

    17.11.2021, 10:03

    Instagram: To‘yxonada janjal ko‘targan Kaniza, Munisa Rizayeva hijobga kirmoqchi, Halima Ibragimovaning ayrim erkaklarga murojaati

    16.11.2021, 22:26

    Farzandlariga og‘ir kasallik tashxisi qo‘yilgan mashhur ota-onalar (foto)

    16.11.2021, 18:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.