• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Natali Portman, Jessika Chesteyn va boshqa Gollivud aktrisalari ilk rolini ijro etgan vaqtda qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)

    Ko‘plab Gollivud yulduzlari karyerasini yoshligidan boshlagan. Ular ilk marta ekranga chiqqan vaqtida hozirgidan ancha boshqacha ko ‘rinishga ega bo‘lgan. “Yandeks Dzen” nashri Gollivud aktrisalari debyut rolini ijro etgan vaqtda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgani aks etgan suratlarni to‘pladi.

    Natali Portman — “Leon”

    1994-yilda “Leon” filmi ekranlarga chiqdi. Film rejissori Lyuk Besson loyihadagi Matilda roliga qiz qidirayotgan edi. Ssenariyga ko‘ra, bosh qahramon o‘n uch yoki o‘n to‘rt yoshda bo‘lishi kerak edi. Natali Portman filmning kastingiga kelganida rejissor uni rad etgan, chunki u aktrisaning o‘n bir yoshda qotilga oshiq bo‘lgan qiz rolini ijro etishi qiyin bo‘lishiga ishongan. Biroq hali tajribaga ega bo‘lmagan qiz o‘zining ajoyib aktyorlik mahoratini namoyish eta oldi va ikkinchi urinishda loyihaga qabul qilindi. Shundan so‘ng Natali Portman boshqa filmlarda rol o‘ynay boshladi va katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Sirsha Ronan — “Badal”

    “Badal” — Kira Naytli va Jeyms Makevoyem ishtirokidagi dramatik film. Film qizaloqning aldovi tufayli birga bo‘lolmaydigan sevishganlar haqida hikoya qiladi. Sirsha Ronan so‘zlari va harakatlari butun hayotiga ta’sir qilgan o‘n ikki yoshli o‘smir rolini ijro etdi. Yosh aktrisa bu rolidan keyin “Oskar” mukofotiga nomzodlik qildi va ijobiy baholarga sazovor bo‘ldi. Sirsha bu ijrosi bilan  to‘xtab qolmadi va hozirgi kungacha o‘z rollari bilan muxlislarni hayratda qoldirishda davom etmoqda.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Kirsten Danst  — “Vampir bilan intervyu”

    1994-yilda Enn Raysning “Vampir bilan intervyu” filmi mahoratli aktyorlar tarkibi bilan tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Kirsten Danst kasting paytida juda xavotirda edi. Bundan tashqari, u ko‘pchilik qizlardan bo‘yi bilan ajralib turardi. Yaxshiyamki, Tom Kruz aktrisaning yonida nimanidir ko‘rgan va uni qo‘liga olganida oyoqlarini bukishni maslahat bergan. Aktrisa hayajonni yenga oldi va bu rolni qo‘lga kiritdi. Danstning so‘zlariga ko‘ra, suratga olish jarayonida Tom Kruz va Bred Pitt unga juda mehribonlik ko‘rsatgan. Aktyorlar Kirstenning qo‘rqmasligi uchun uning kayfiyatini ko‘tarishga harakat qilgan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Vaynona Rayder — “Katta olovli sharlar”

    Vaynona Rayder kino olamidagi debyutini 1989-yilda qilgan, uning birinchi yirik loyihasi “Katta olovli sharlar” filmi edi. Aktrisa filmda mashhur aktyorlar bilan rol o‘ynagan. Vaynona o‘z qobiliyatlari tufayli maqtovga sazovor bo‘ldi va ko‘pchilik uning muvaffaqiyatli karyera qura olishiga ishondi. Bu haqiqatga aylandi, ko‘zlari katta qizaloq asta-sekin professional sohada muvaffaqiyatga erisha boshladi va o‘zini turli loyihalarda sinab ko‘rdi. Vaqt o‘tishi bilan Rayder dam olishga qaror qilib, ijodida tanaffus e’lon qildi. U 2016-yildan buyon mashhur “G‘alati ish” serialida suratga tushdi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Emili Blant – “Qirolicha Rimga qarshi”

    Britaniyalik aktrisaning debyuti bundan yigirma yil oldin “Qirolicha Rimga qarshi” televizion loyihasida bo‘ldi. 2006-yilda Emili “Qattiqqo‘l xonim” filmida rol o‘ynadi. Vaqt o‘tishi bilan Blant yanada yorqin obrazlarda namoyon bo‘la boshladi. Aktrisa ishtirokidagi suratga olinishi rejalashtirilayotgan filmlar orasida atom bombasi yaratuvchisining rafiqasi Ketrin Oppengeymer rolini ta’kidlash mumkin. Kristofer Nolanning yangi kinokartinasi qiziqarli aktyorlar tarkibiga ega.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Jessika Chesteyn — “Puaro”

    Jessika Chesteyn o‘rta maktabni bitirishi bilanoq ota-onasiga qaram bo‘lmasdan, o‘zi pul topishga qaror qilgan. Albatta, dastlab unga juda qiyin bo‘ldi, biroq u hamma narsani hal qildi. Keyin Jessika turli xil televizion loyihalarda ishtirok eta boshladi va hatto shoularning birida o‘lik inson rolini o‘ynadi. Aktrisa 2011-yilda katta mashhurlikka erishdi, “Xizmatkor” filmidagi sodda va tor fikrli uy bekasi roli tufayli u tomoshabinlarning e’tiboriga tushdi. Shundan keyin Jessika nafaqat filmlarda, balki televideniyeda ham katta talabga ega aktrisaga aylandi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Keyt Bekinseyl —  “Tovlamachilik”

    Keyt Bekinseyl — zamonamizning eng go‘zal aktrisalaridan biri. Vaqt unga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, aktrisa yillar o‘tgan sari yosharib bormoqda. 1991-yilda Keyt o‘zining birinchi loyihasi “Shamolga qarshi” filmida rol o‘ynadi. Vaqt o‘tishi bilan Bekinseyl o‘zining shaxsiy filmografiyasini yanada qiziqarli filmlar bilan kengaytira boshladi. 1997-yilda aktrisa biroz boshqacha uslubda ko‘rinish berdi. Kalta soch turmagi va yigitcha uslub bilan muxlislari qarshisiga chiqqan aktrisa “Firibgarlik” filmida suratga tushdi.

    Foto: “Yandeks Dzen”
    13.07.2023, 17:54   Izoh (0)   8833
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Faqat qiz farzandlarni tarbiyalayotgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    13.07.2023, 16:47

    Bahrom Nazarov, Ra’no Shodiyeva va san’at uchun asl kasbidan voz kechgan boshqa mashhurlar (foto)

    13.07.2023, 14:46

    Jahon yulduzlarning o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan mashhur farzandlari (foto)

    13.07.2023, 13:40

    Elton Jon besh yillik xayrlashuv turnesini yakunladi. U eng serdaromad gastrol sifatida tarixda qoldi

    13.07.2023, 12:32

    Kastingda ishtirok etgan bo‘lsa ham orzusidagi rolni ijro eta olmagan Gollivud aktyorlari (foto)

    12.07.2023, 21:55

    “Million” aktyori Shahboz Narziyev moliyaviy qiyin vaziyatdan o‘ziga sovg‘a qilingan Tracker yordamida chiqqani haqida so‘zlab berdi (video)

    12.07.2023, 20:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 15:06

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.