• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Bahrom Nazarov, Ra’no Shodiyeva va san’at uchun asl kasbidan voz kechgan boshqa mashhurlar (foto)

    O‘zbek shou-biznesida san’atdan tashqari boshqa sohada faoliyat yuritayotgan va shu sohalardan daromad topayotgan mashhurlar ham bor. Quyida boshqa sohada tahsil olib, san’atda mashhur bo‘lgan ijodkorlar haqida ma’lumot beriladi.

    Muzaffar Sa’dullayev

    “Osmondagi bolalar” filmidagi Hamdam roli bilan tomoshabinlarning e’tirofiga sazovor bo‘lgan Muzaffar Sa’dullayev aktyorlik sohasida tahsil olmagan. O‘z rolini mahorat bilan ijro etgan aktyor mohir hunarmand hisoblanadi. U bir necha yil davomida Toshkentdagi “Chorsu” bozorida temirchilik sirlarini o‘rgangan va rejissor Zulfiqor Musoqov aktyorni o‘sha yerda uchratib qolib, “Osmondagi bolalar” filmida suratga tushishga taklif qilgan. Hozirda aktyor filmlarda suratga tushishni va tunukachilik bilan shug‘ullanishni davom ettirmoqda. Muzaffar Sa’dullayev buxgalteriya sohasi bo‘yicha diplomga ham ega.

    Foto: “Yandeks.ru” 

    Ozod Shukrullayev

    Stendap yo‘nalishi va vaynlari bilan mashhurlikka erishgan Ozod Shukrullayev Toshkent tibbiyot akademiyasida jarrohlik sohasida tahsil olgan. U o‘sha paytlardan oylik maoshi yetmagani sababli ijodga kirib kelgan. Hozirda Ozod Shukrullayev ijod bilan shug‘ullanish bilan birga Toshkentdagi xususiy klinikalarning birida jarroh sifatida faoliyat yuritadi.

    Foto: “Daryo”

    Malika Rahimova

    Aktrisa Malika Rahimova Toshkent markaziy vokzalida nozir bo‘lib ishlaydi. Hozirda uning sahnadagi vazifasi o‘z rollarini mahorat bilan ijro etish, vokzalda esa yo‘lovchilarning yuklarini, hujjatlarini tekshirishdan iborat. Malika Rahimovaning turmush o‘rtog‘i ham temiryo‘l sohasida faoliyat yuritadi.

    Foto: Instagram

    Sug‘diyona Azimova

    “Qaysarginam”, “Nafrat” filmlari, “Jurnalist” serialidagi rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Sug‘diyona Azimova mahoratli stilist hisoblanadi. U san’at sohasida tahsil olmagan. Aktrisa 15 yildan buyon stilistlik bilan shug‘ullanadi.

    Foto: Instagram

    Ra’no Shodiyeva

    Aktrisa Ra’no Shodiyeva surdopedagogika sohasida tahsil olgan. U otasining eshitish bilan bog‘liq muammosi borligi sababli yoshligidan surdo tilini o‘rgangan. Imkoniyati cheklangan insonlarga befarq bo‘lmagan Ra’no Shodiyeva “Qo‘llar yordamida gaplashamiz” nomli tashkilotga asos soldi. U faoliyati davomida “O‘tov”, “Sarob”, “Vatan” va boshqa ko‘plab filmlarda suratga tushgan.

    Foto: Instagram

    Aziz Umrzoqov

    “Daydi qizning daftari” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga tanish bo‘lgan Aziz Umrzoqov asli mutaxassisligi bo‘yicha aktyor emas. U O‘zbekiston Milliy universitetining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetida tahsil olgan. San’atkor bo‘lishdan avval esa soliq sohasida faoliyat yuritgan.

    Foto: Instagram

    Odina To‘xtasinova 

    “Sensiz”, “Sevgi” va “Shukrona” seriallaridagi rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Odina To‘xtasinova asli mutaxassisligi bo‘yicha hamshira. Ammo qondan qo‘rqishi sabab bu sohada ishlay olmagan va xorij tilini o‘rganishga qaror qilgan.

    — Ota-onam san’atkor bo‘lishimni istashmadi, shu bois maktabni tamomlab, hamshiralik bo‘yicha tahsil olgandim. Ammo mutaxassisligim bo‘yicha faoliyat yuritolmadim. Kollejni tamomlagach, bir muddat kasalxonada ishlaganman. Og‘ir ahvoldagi bemorlarni ko‘rib, ruhan qiynaldim. Shundan so‘ng tibbiyot sohasida ishlolmasligimni anglab yetdim. Ikki yil davomida xorij tilini o‘rgatuvchi o‘quv markaziga qatnadim. Koreys tilini mukammal o‘rganib, tarjimonlik faoliyatimni boshladim. Ammo bolalikdagi san’atga bo‘lgan ishtiyoqim so‘nmadi. Kastinglarda ishtirok etib turdim, — deydi aktrisa Odina To‘xtasinova.

    Foto: Instagram

    Bahrom Nazarov

    Xonanda Bahrom Nazarov temiryo‘l sohasida faoliyat yuritgan. U temiryo‘lchi bo‘lish niyatida Toshkentga keladi va taqdir taqozosi bilan Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashadi. 

    — Boshqa tengdoshlarimga qaraganda menga ancha kech omad kulib boqdi. Ammo bundan o‘ksinmayman. Chunki hamma narsa vaqt-soati bilan bo‘ladi. 18 yoshimda Ozodbek Nazarbekov bilan tanishgan bo‘lsam, 30 yoshimda qo‘shig‘im orqali odamlar og‘ziga tushdim. 10 yil temiryo‘lda ishladim, — deydi Bahrom Nazarov.

    Uning “Ayrildim”, “Yuraksiz”, “Qaramading” va boshqa bir qancha taronalari muxlislar tomonidan sevib tinglanadi.

    Foto: Instagram
    13.07.2023, 14:46   Izoh (0)   36686
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahon yulduzlarning o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan mashhur farzandlari (foto)

    13.07.2023, 13:40

    Elton Jon besh yillik xayrlashuv turnesini yakunladi. U eng serdaromad gastrol sifatida tarixda qoldi

    13.07.2023, 12:32

    Kastingda ishtirok etgan bo‘lsa ham orzusidagi rolni ijro eta olmagan Gollivud aktyorlari (foto)

    12.07.2023, 21:55

    “Million” aktyori Shahboz Narziyev moliyaviy qiyin vaziyatdan o‘ziga sovg‘a qilingan Tracker yordamida chiqqani haqida so‘zlab berdi (video)

    12.07.2023, 20:51

    Jeyms Kemeron “Avatar”ning ssenariysini yozgan uyini 33 million dollarga sotuvga qo‘ydi  (foto)

    12.07.2023, 16:59

    Keyt Uinslet, Madonna va boshqa mashhurlarning farzandi qanday ko‘rinishga ega? (foto) 

    12.07.2023, 16:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.