• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Microsoft kompaniyasining ikki nafar mutaxassisi talabalarimizga dars bermoqda”— Iqtisodiyot universiteti rektori

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati jurnalistlar bilan ochiq muloqot tashkil etdi. Uchrashuv doirasida rektor Kongratbay Sharipov “Daryo” muxbirining ayrim savollariga javob qaytardi.

    Kongratbay Sharipov

    Foto: TDIU axborot xizmati

    Yangi o‘quv yilida universitetga qancha talaba qabul qilinadi?

    2023/2024-o‘quv yilida bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli uchun jami 32 ta taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha 2 ming 25 ta o‘rin ajratilgan. Shundan 166 tasi davlat granti asosida, 1 ming 909 tasi to‘lov-kontrakt asosida tasdiqlangan.

    Magistraturada 26 ta mutaxassislik bo‘yicha jami 615 o‘rin ajratilgan. Bundan 116 tasiga talabgorlar davlat granti, 499 tasiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

    Hozirda universitetimizda 7 ta fakultet, 35 ta kafedra mavjud. Jami 617 nafar professor-o‘qituvchilar 22 ming 212 nafar talabaga ars beradi. Bu yil oliygohni 4 ming 791 talaba tamomladi.

    O‘qituvchi va talabalar bilimini oshirish bo‘yicha nimalar qilinmoqda?

    Professor-o‘qituvchilarimizning kamida 200 nafarini har yili chet elga malakasini oshirish va xizmat safariga yuboramiz. Universitet 200 dan ortiq xorijiy OTMlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Malaka oshirish, taʼlim almashinuv va amaliyot dasturlari xorijiy davlatlarda tashkil etiladi. Masalan, 2022-yilda jami 219 nafar professor-o‘qituvchilarimiz 23 ta davlatga malaka oshirish va xizmat safariga borib, keldi.

    Har yili 100 nafarga yaqini talabalarga xorijda qisqa, o‘rta va uzoq muddatli malaka oshirish hamda amaliyotlar tashkillashtiriladi. Kredit-modul tizimida almashinuv dasturlari bo‘yicha ko‘plab talabalarimiz AQSH, Yevropaning qator davlatlarida, Koreya, Rossiya universitetlarida bo‘lib qaytmoqda. Masalan, kuni kecha 30 nafar talabamiz Rossiyaning Krosnodarsk shahridagi universitetga yo‘l oldi.

    Universitetda nega kechki taʼlim shakli bo‘yicha qabul mavjud emas?

    Bizning universitet akademik va moliyaviy mustaqil. Hozircha kechki taʼlimni ochmayapmiz. Bunga sabab sig‘im masalasi va professor–o‘qituvchilarimiz salohiyatini doim 50 foizdan yuqori ushlab turish bilan bog‘liq. Bugungi talabalarga nisbatan kunduzgi, sirtqi va masofaviy taʼlim uchun yetarli o‘qituvchi va auditoriya bor. Shuning uchun kechki taʼlim ochishda universitetda ehtiyoj yo‘q.

    Bugun talabalarni o‘qish davomida o‘z sohasiga yo‘naltirish qay darajada deya olasiz?

    Hozirda tibbiyot talabani amaliyot bilan eng uyg‘unlashtirgan yo‘nalishdir. Talaba bir binoda o‘qib, yonidagi klinikada amaliyot qila oladi. O‘sha yerda ham darsda, ham operatsiya jarayonida qatnashadi. Boshqa taʼlim tizimlari amaliyotdan ozgina uzilgan, integratsiya kamroq.

    Hozir talabalar soni ko‘payib ketdi. Buning ham yaxshi, ham yomon tomonlari bor. Yomon tomoni davlat tashkilotlari soni u qadar ko‘paymagani sabab amaliyot o‘tkazadigan joylar kam. Albatta, bunga yechim qidiryapmiz. Universitet fakultetlari qoshida malakani shakllantiradigan markazlar ochilyapti. Lekin hamma yo‘nalishda ham buni qila olmayapmiz. Masalan, iqtisodiyot yo‘nalishida o‘qiydigan talaba vazirlik yoki hokimiyatga borishi kerak. Hozir bu yo‘nalishda ikki mingdan ortiq talabalarimiz bor. Xuddi shunaqa Milliy, Moliya, Sharqshunoslik va boshqa deyarli barcha universitetlarda menejment, iqtisodiyot va marekting yo‘nalishlari ochilgan. Davlat tashkilotlari ularning hammasini sig‘dirishi qiyin. Shuning uchun biz amaliyotni universitetning ichida tashkil qilishga harakat qilyapmiz.

    Hozirda universitet talabalarining 30 foizi chet tillarini biladi va ularga chet el professorlari dars beradi. Umuman olganda, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash darajasi yomon emas. Deyarli 89-96 foizgacha bitruvchi yillar davomida ishga joylashib ketadi. Hammasi ham davlat ishiga kirmaydi. Talabalarimiz ichida so‘rovnoma o‘tkazganimizda ulardan 1 ming 300 nafari norasmiy ravishda ishlayotgani aniqlandi. Ular ishini topgan. Ularni rasmiyga o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilyapti.

    Universitetda yangi yo‘nalishlar ham ochilyaptimi?

    Albatta, bir necha yangi yo‘nalishlar ochildi. Biz faqat iqtisod yo‘nalishi bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz. Masalan, bu yil yangi, Sunʼiy intellekt fakultetini ochdik. Universitetimizda dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri Microsoft bilan qo‘shma laboratoriya tashkil etildi. Hozir kompaniyaning ikki nafar mutaxassisi bizga yordam beryapti. Laboratoriya faoliyat yuritmoqda. Microsoft‘dan har oyda ikki nafar mutaxassis onlayn va offlayn darslarni boshladi. Bu yo‘nalishni tashkil etish ishlari bir yil davom etdi va biz yangi fakultetimizga ham abituriyentlarni qabul qilyapmiz.

    Korrupsiyaga qarshi qanday kurashilmoqda?

    O‘rganishlarga ko‘ra, ayrim talabalar o‘qishga yo adashib, yo ota-onasining istagi bilan kirib qoladi. O‘zining o‘qishga xohishi yo‘q. U qandaydir qilib bitirsayu, diplom olib, keyin ishni ko‘raman deydi. O‘qishga xohishi bo‘lmagach, darsga kelmaydi. Turli qing‘ir-qiyshiq yo‘llarni qidirishni boshlaydi. Mana shu ishlarning oldini ola bilsak edi, ko‘p narsalarni korrupsiyadan holi qilgan bo‘lardik. 

    Korrupsiya hamma tomonga bog‘liq. Hozir u oldingidan ancha kamaygan. Avvallari o‘qishga qabullarda qancha “o‘yin”lar bo‘lardi, hozir yo‘q. Bugun raqamlashtirish jarayoni korrupsiyaga qarshi kurashishda yaxshi natija beryapti. Masalan, universitetmizda hamma jarayon raqamlashtirilgan. Hatto superkontratga qabul qilish jarayoni maksimal shaffof qilingan. Imtihonlar ham axborot texnologiyalari asosida tashkil etiladi.

    Bu yil universitetdagi imtihonlardan 20 foiz talaba yiqildi. Ularga qayta imkoniyat beramiz va yana imtihon topshirishadi. Avvallari talabalar sessiyadan yiqilsa, kursdan qolib ketardi. Shuning uchun ham o‘sha joyda “o‘yin”lar boshlanardi. Hozir kursdan kursga qoldirish yo‘q. Yaʼni yozda unga qolib ketgan fanini o‘qishga 1 oy imkoniyat beriladi. Shundan keyin ham topshira olmasa, sentabr oyida yana imkoniyat beriladi. Bundan keyin ham agar shartli ravishda 1-2 ta fandan qolgan bo‘lsa-da keyingi kursda o‘qib yuraveradi. Bitirguncha u fanni topshirib olishi kerak. Bu mexanizm talabalarni stressdan ozod qilgan.

    Yana bir masala, biz Telegram kanal ochib, kopmleans nazorat o‘tkazamiz. Agar biror o‘qituvchi taʼmagirlik qilsa, talabalar o‘sha kanalga yozishadi. O‘zim ham kanal tashkil qilganman, talabalar murojaatini doimiy o‘rganib boraman.

    Superkontrakt haqida turli fikrlar bor. Baʼzida ijtimoiy tarmoqlarda uni o‘qishga pora berib kirishning qonuniylashtirilgan shakli degan gaplar ham yangrab qoladi. Bunga sizning munosabatingiz qanday?

    Superkontraktni yaxshi tomoni ham, yomon tomoni ham bor. Birinchidan, abituriyent “aynan shu universitetda o‘qiyman, boshqasida o‘qishni istamayman” deyapti. Bizning universitetni tanlagan bo‘lsa, demak biz unga imkoniyat beryapmiz: “marhamat, kontraktni to‘lab, o‘qiyver”, deb.

    Superkontrakt ham davlat siyosati, yoshlarni himoya qilish nuqtayi nazardan o‘ylangan tizim. Uning miqdori ham chelangan. Biz xohlagan narxni qo‘yib “shuni berasan”, deya olmaymiz.

    Superkontrakt—yoshlarga berilayotgan qo‘shimcha imkoniyat. Hozir qancha xususiy universitetlar bor. Abituriyent borsa, u yerga past ball bilan ham kirish imkoniyatiga ega. Masalan, bir bola bizning universitetga kirish uchun imtihon topshirib, 130 ball to‘plagan, superkontraktga tushdi. U 60 million pul to‘lashi kerak. Lekin unga “borib boshqa institutda o‘qi”, desang, “unda o‘qimayman”, deydi. Bu talabaning o‘z xohishi.

    Superkontrakt o‘zi aslida yaxshi emas. U ilojsizlikdan o‘ylab topilgan usul. Lekin bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida kerak. Hozir universitetimizda superkontrakt o‘rinlari kamaymoqda. Bundan oldingi yillarda 640 ta o‘rin ajratilgan bo‘lsa, o‘tgan yili 330 ta ajratilgan. Bu yil undan ham kamayishi mumkin.

    Eng qizig‘i, biz 3 yildan beri superkontrakt narxini oshirmadik. Masalan, talaba Turizm fakultetida o‘qisa, kontrakt 6 million so‘m. Superkontrakt esa shuning 10 barobari — 60 million so‘m.

    Superkontraktni yaxshi tomoni bizda 700–800 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar bor. Ularni qo‘llab–quvvatlash uchun yiliga har biriga 5 million so‘mgacha pul beramiz. Biz o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan universitet bo‘lganimiz uchun manba ham o‘zimizda. Bizda boshqa daromad manbai yo‘q. Shu bilan birga, yotoqxonalarga qo‘shimcha joylar yaratamiz, qurilishlar qilamiz. Chet eldan keladigan professor–o‘qituvchilar bor. Ularning maoshi yuqori—oyiga kamida 2-3 ming dollardan to‘lashimiz kerak. Yaʼni bu pullarning barchasi maqsadli ishlatiladi.

    13.07.2023, 23:28   Izoh (0)   7009
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda agentlik rahbari o‘z xodimini urib, jag‘ini sindirgani aytilmoqda

    13.07.2023, 23:23

    Buxoroda harakatlanib ketayotgan ekskavator yonib ketdi

    13.07.2023, 22:15

    Surxondaryoda fuqarolar sabab yirik yong‘inning oldi olindi

    13.07.2023, 19:55

    Samarqandda belgilanmagan hududda chiqindi tashlagan shaxs jarimaga tortildi

    13.07.2023, 19:32

    O‘zbekistonda ish haqini natura shaklida to‘lash tartibi belgilandi

    13.07.2023, 19:15

    Samarqand va Toshkent viloyatlarida gazdan noqonuniy foydalanganlar 250 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

    13.07.2023, 18:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.