Surxondaryo viloyati Denov tumanida fuqarolar sabab yirik yong‘inning oldi olindi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 13-iyul kuni soat 12:38 da Denov tumani “Vodiy” MFY hududida joylashgan tuman elektr korxonasiga qarashli transformator tutayotganini shu yo‘ldan o‘tuvchi fuqarolar ko‘rib qolgan. Ular yong‘inning oldini olish maqsadida tuman FVB 8-YOQQ dispetcherlik xizmatiga bu haqda xabar bergan.
Denov tuman FVBdan bitta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 12:41 da yetib borgan, hudud 12:42 da o‘rab olinib, 12:45 da bartaraf etilgan.
Izoh (0)