Samarqand va Toshkent viloyatlarida gazdan noqonuniy foydalanganlar davlatga 250 million so‘mdan ortiq zarar yetkazdi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Past Darg‘om tumanida faoliyat yurituvchi “X.M.” oilaviy korxonasi ish boshqaruvchisi D.X. korxona umumiy ovqatlanish shoxobchasini gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 138 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan gaz taʼminoti xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Zangiota tumanida yashovchi D.X. umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘g‘rilik yo‘li bilan ulanib, 125,7 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)