Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida belgilanmagan hududda chiqindi tashlagan shaxs jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Past Darg‘om tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi. Reyd davomida Samarqand shahrida yashovchi fuqaro J.A. “Kamolot” mahallasidagi belgilanmagan hududga chiqindi tashlagani aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. J.A. bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, ya‘ni 1 million 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Izoh (0)