Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari agentligi Qarshi shahar bo‘limi rahbari o‘z xodimini urib, jag‘ini sindirgani aytilmoqda.
Ma‘lum bo‘lishicha, xodimning jag‘ qismidan jarrohlik amaliyoti amalga oshirilgan. Shu tufayli u voqeani so‘zlab berolmadi. Ammo uning onasi holatni tushuntirishga urindi. Unga ko‘ra, rahbar topshiriqlarni so‘ragan. O‘g‘li bajarganini aytib, telefonida ko‘rsatayotgan vaqtida boshlig‘i jag‘iga urgan.
“Jag‘ suyagi yorilib ketgan. Bu insonning bolasimi? O‘g‘limning ahvoli hozir qoniqarli. Ertalab soat 10:00 larda jag‘ini tikdik. Hozir ochilmaydi, gapirolmaydi. Og‘ziga suv tomizib o‘tiribmiz”, — deydi ayol.
Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘ining ta‘kidlashicha, yig‘ilish vaqtida rahbar va xodim o‘rtasida o‘zaro hurmatsizlik bo‘lgan. Rahbarga nisbatan xodim hurmatsizlik qilgan. Yig‘ilishdan so‘ng xonada ularning ikkisi qolgan, shu sababli holat bo‘yicha aniq ma‘lumot yo‘q.
Izoh (0)