O‘zbekistonda prezident qarori bilan Buyuk Britaniya ta‘lim dasturi asosidagi xalqaro maktab ochiladi.
Prezidentning agrar sohaga oid yangi qaroriga ko‘ra, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti huzurida Buyuk Britaniya ta’lim tizimi asosida ixtisoslashgan Xalqaro maktab tashkil etiladi. Maktabga qabul 2023/2024-o‘quv yilidan 1-sinf va 5-sinf uchun bo‘ladi. Xalqaro maktab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan mustaqil nodavlat umumta‘lim muassasasi hisoblanadi.
Maktab faoliyatini tashkil etishga ketadigan xarajatlarga: qurilish, o‘quv anjomlari, laborotoriya jihozlari va anjomlarga Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasidagi mablag‘lari ajratiladi.
Izoh (0)