Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan yirik savdo majmuasi — Mega planet’da yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. FVV mazkur xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 10-iyul kunidan 10-avgust kuniga qadar respublika hududida “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dolzarb 30 kun” tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan. Unda yirik savdo majmualarida, odamlar gavjum obyektlarda, aholi yashash xonadonlarida, ijtimoiy soha va boshqa obyektlarda profilaktik tadbirlar va maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan, yuqorida qayd etilgan savdo majmuasida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazilgan. Yong‘in sodir bo‘lmagan.
Izoh (0)