Rossiyaning Yekaterinburg shahrida eri qamalib, chaqalog‘i bilan qiyin ahvolda qolgan ayolga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik fuqaro O.J. joriy yilning may oyida ishlash maqsadida Rossiyaga turmush o‘rtog‘ining yoniga borgan hamda iyun oyida qiz farzandli bo‘lgan. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra O.J.ning umr yo‘ldoshi hibsga olingan. Bir oylik chaqalog‘i bilan og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan O.J. agentlikning Yekaterinburgdagi vakilligiga murojaat qilgan.
“Holat o‘rganilib, yurtdoshimiz Yekaterinburgdagi ‘Kolsovo’ xalqaro aeroporti orqali Yekaterinburg—Toshkent aviareysi bilan vatanga qaytarildi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)