Yaponiya poytaxti Tokio shahri markazida joylashgan binolardan birida portlash sodir bo‘ldi. Gap umumiy ovqatlanish korxonalari joylashgan bino haqida bormoqda.

Hozirda qutqaruvchilar voqea joyida. Hodisa sabablari aniqlanmoqda. Guvohlarning aytishicha, portlashdan oldin kuchli gaz hidi sezilgan, deb xabar beradi Kyodo.
Portlash natijasida 4 nafar inson jarohat olgan. Halok bo‘lganlar bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumot hozircha berilmagan.
- O‘tgan shanba kuni Xitoydagi kimyo zavodida kuchli portlash sodir bo‘lgandi. Avval korxonada yong‘in sodir bo‘lgan, keyin yong‘in natijasida portlash yuzaga kelgandi.
Izoh (0)