Isroil mudofaa kuchlari Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Jenin shahrida keng ko‘lamli “aksilterror” operatsiyasini boshladi.
Falastin matbuoti Isroil zarbalari oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgani va bir necha kishi yaralangani haqida yozmoqda.
Qayd etilishicha, Jenin shahri aholisiga uyda qolishlarini so‘rab sms yuborilgan.
Xabarlarga ko‘ra, shahar markaziga hujum uyushtirilgan. Isroil harbiylarining da’vo qilishicha, hudud “kuzatuv punkti, qurolli terrorchilar to‘planadigan, o‘q-dorilar va bombalar saqlanadigan joy hamda aloqa markazi bo‘lib xizmat qilgan”.
Isroil hukumatining yuqori martabali mulozimi Kan News telekanaliga bergan intervyusida operatsiyadan maqsad “Jeninning terrorchilar uchun xavfsiz boshpana sifatidagi rolini tugatish” ekanini va “u qancha zarur bo‘lsa shuncha vaqt davom etishini” aytdi.
Izoh (0)