Germaniya Litvaga NATOning sharqiy qanotini mustahkamlash uchun yana 4000 nafar askarni joylashtirmoqchi, dedi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius. Buning uchun zarur infratuzilmani yaratish va mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatini ta’minlash zarur ekani ta'kidlandi.
“Germaniya Litvada kuchli brigadani uzoq muddatga joylashtirishga tayyor”, — dedi janob Pistorius Vilnyusdagi matbuot anjumanida.
2022-yil sentyabr oyida Litva Mudofaa vazirligi Germaniya bilan birgalikda Germaniya qo‘mondonligi tomonidan tuziladigan askarlar brigadasini qabul qilish uchun harbiy infratuzilmani kengaytirish ustida ishlayotganini aytgandi.
Alyansning avvalgi sammitida Litvada taxminan 1,6 ming kishidan iborat NATO brigadasini joylashtirishga qaror qilingan edi.
Izoh (0)