Kaliforniyadagi San-Antonio xalqaro aeroporti xodimi Delta Airlines aviakompaniyasi samolyoti dvigateli tortib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda yakshanba kuni Fox News xabar berdi.
Voqea juma kuni kechki payt sodir bo‘lgan. Los-Anjelesdan uchib kelgan samolyot bitta dvigateli ishlayotgan holda qo‘nganda, baxtsiz tasodif tufayli aeroport xodimi o‘sha yerda ishlayotgan bo‘lgan. U Unifi Aviation havo kemalariga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyaga yollangan xodim bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shunga o‘xshash hodisa 2022-yil 31-dekabrda, Alabama shtatidagi Montgomeri aeroporti xodimi 34 yoshli Kortni Edvards bilan sodir bo‘lgandi.
Iyun oyida AQSH Mehnat xavfsizligi boshqarmasi reysni amalga oshirgan American Airlines sho‘ba korxonasi Piedmont Airlines marhumning oilasiga 15 ming dollardan ortiq tovon puli to‘lashi kerak degan qarorga keldi.
Izoh (0)