Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi. Transport vazirligi bu yo‘nalishdagi avtobus reyslari soni ko‘paytirilganini e’lon qildi.
Endilikda avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 7:00, 10:00, 13:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00, 14:00, 16:00 va 18:00 da harakatlanadi.
Avtobuslar harakati Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 7-iyundan yo‘lga qo‘yilgan edi. Qatnov masofasi 75 kilometr bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lkira narxi 15 000 so‘m. Yo‘lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada yetib boradi.
Izoh (0)