Transport vazirligi Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga (”Chorvoq” erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovchi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi.
Avtobuslar “Mashinasozlar metro bekati—Chorvoq” yo‘nalishida har kuni uchta grafik asosida harakatlanadi. Qatnov masofasi 75 kilometr bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada yetib boradi.
Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 7:00, 13:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00 va 16:00 harakatlanadi.
Qatnovlar Yutong avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 15 000 so‘m etib belgilangan.
Izoh (0)