Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimligi har xil turdagi gullar uchun qariyb 200 mln so‘mlik shartnoma tuzgani haqida xabar tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Viloyat hokimligi mazkur holat yuzasidan tushuntirish berdi.
Unga ko‘ra, hozirgi kunda Termiz shahar hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Xususan, yashil hududlarda hamda yo‘llar yoqalari bo‘ylab turli xil gullar ekish va ushbu tadbirlarni qisqa muddatda amalga oshirish zarurati yuzaga kelgani sababli, haqiqatan ham, viloyat hokimligi tomonidan Meadow MCHJ bilan maqbul narxlar asosida 156 mln 581 ming so‘mlik gul ko‘chatlari xaridi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzilgan.
Shartnomada QQS va boshqa majburiy to‘lovlar hamda transport xarajati ko‘zda tutilgan holda umumiy summa 194,9 million so‘mni tashkil etgan.
Izoh (0)