“Barselona”ni tark etgan Serxio Buskets “Inter Mayami”ga o‘tishga yaqin.
Jurnalist Toni Xuanmartining xabar berishicha, “Barselona”ni erkin agent sifatida tark etgan yarim himoyachi yaqin soatlar ichida MLS klubining rasmiy taklifini qabul qiladi. Jamoa futbolchiga yangilangan shartnoma taklif qilgan va bu Busketsning qarori ijobiy bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Serxio “Inter Mayami” bilan 2025-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.
34 yoshli futbolchi 2022/23-yilgi mavsum La Ligada 30 ta o‘yin o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, Buskets kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi “Barselona”ning asosiy jamoasi sharafini 2008-yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. 2023-yilning yozida esa erkin agent sifatida “ko‘k-anorranglilar” safini tark etdi.
Izoh (0)