“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo 4 ta Yevrokubok o‘yiniga diskvalifikatsiya qilindi.
Portugaliyalik mutaxassis Yevropa Ligasi finalidan so‘ng (1:1, penaltilar seriyasida 1:4) “rasmiy shaxs” sha’niga nomaqbul so‘zlarni ishlatgani uchun jazolandi.
Eslatib o‘tamiz, Mourinyo o‘yindan so‘ng angliyalik hakam Entoni Teylorga: “Qanday sharmandalik, sizlarga uyat”, — deya baqirgandi.
Matbuot anjumanida esa Mourinyo hakamlarni “ispaniyalik” deya atadi va: “O‘ylaymanki, bugungi ahmoqona ishlarni bajargan hakam Chempionlar Ligasida qoladi va Yevropa Ligasini tinch qo‘yadi”, — deya gapirib o‘tgan.
Qayd etib o‘tish joiz, “Roma” muxlislari o‘yindan so‘ng aeroportda Teylor va uning oilasi tomonga stullarni uloqtirgandi.
Izoh (0)